Professor va talaba baxsi: “Barcha mavjud bo’lgan narsani Xudo yaratganmi?”

Professor va talaba baxsi: “Barcha mavjud bo’lgan narsani Xudo yaratganmi?”

Bir kuni professor universitetda o’z talabalariga shunday savol berdi: “Barcha mavjud bo’lgan narsani Xudo yaratganmi?”

Bir talaba dadillik bilan javob berdi: “Xa, bularni Xudo yaratgan”

“Xudo barcha narsani yaratdimi?”, –  deb so’radi professor.

“Xa, professor”, –  deb javob berdi talaba.

Professor so’radi: “Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo’lsa, demak Xudo yovuzlikni ham yaratgan, chunki bu bor narsa. Bizning ishlarimiz o’zimizni bildiradi, demak Xudo bu yovuzlik”.

Talaba jim bo’lib o’z joyiga o’tirdi. Professor o’zidan juda hursand bo’ldi. U o’z talabalariga Xudoga ishonish afsona ekanligini isbotlab berdi.

Bitta talaba qo’lini ko’tarib, so’radi: “Sizga savol bersam bo’ladimi professor?”

“Albatta”, – deb ruhsat berdi professor.

Talaba o’z joyidan turib savol berdi: “Professor, sovuqlik mavjudmi?”

“Bu qanday savol? Albatta mavjud. Senga hech qachon sovuq bo’lmaganmi?” – deb javob berdi professor. Qolgan talabalar uning savoliga kulishdi.

Yosh talaba esa shunday javob berdi: “Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga asoslanadigan bo’lsak, sovuqlik issiqlikning yo’qligidir. Insonni yoki narsani qanday quvvat berishini o’rganishimiz mumkin. Butunlay nol (-460 Farengeyt gradusi) bu issiqlikning yo’qligidir. Bunday darajada hech narsa harakatlanmaydi. Sovuqlik yo’q. Biz ushbu so’zni issiqlik yo’qligi uchun o’ylab topganmiz”.

Talaba yana bir savol berdi: “Professor, qorong’ulik mavjudmi?”

“Albatta mavjud” – deb javob berdi professor.

Talaba esa shunday javob berdi: “Siz yana yanglishasiz. Qorong’ulik ham mavjud emas. Qorong’ulik yorug’likning yo’qligini bildiradi. Biz yorug’likni o’rganishimiz mumkin, ammo qorong’ulikni emas. Yorug’lik qorong’ulikga kirib uni yoritishi mumkin. Qorong’ulik yorug’lik yo’qligini tasvirlab beradi.”

Ohirida talaba professordan so’radi: “Yovuzlik mavjudmi?”

Bunga professor shubhalanib shunday javob berdi: “Albatta, men buni oldin aytdimku. Biz uni har kuni ko’ramiz. Insonlar orasidagi yovuzlik, ko’plab jinoyatlarni va zo’ravonliklarni butun dunyoda har kuni ko’ramiz. Bularning hammasi yovuzlik borligini ko’rsatadi”.

Bunga talaba shunday javob berdi: “Yovuzlik mavjud emas! Yovuzlik bu Xudo yo’qligidir. Bu narsa qorong’ulik va sovuqlikga o’xshatsak bo’ladi – ya’ni yovuzlikni insonlar Xudoni yo’qligini ko’rsatish uchun o’ylab topishdi. Yovuzlik bu insonlar yuraklarida Xudo yo’qligi natijasidir. Bu narsa issiqlik bo’lmagan sovuqlikga yoki qorong’ulikda yorug’lik bo’lmaganga o’xshatish mumkin.”

Professor jim bo’lib qoldi… Bu talaba Albert Eynshteyn edi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jayrona

    Zo’r menga yoqdi

  2. Jamshid

    Juda zo’r

  3. Anvar

    jinnimi bu eyshteyn
    quyosh olamni yoritadi. Namoshom quyosh botganndan kn olam qorong’u bo’ladida
    qanaqa fikrlaydi bu eyshteyn. juda oddiy narsalarni chuqur fahmlaganmi yoki tushunmagan. xa xop qorong’u joyda kirganizdan kn qorong’i ekan deysizda.
    xa albatta -460 frangeyt gradusida xech Nima ham harakatlonmaydida.
    sovuqlik qanday mavjud bo’lmaykan. xonani isiting kn ko’cha sovuq.xonani isitishdan to’xtating. Kn xona 1 soatdan kn sovuydi.
    xop borakanmi sovuqlik

  4. Anvar

    Xudo bor narsa. Asstaxfurollox shunaqa beparasot proffessorla ham borakanda.
    xudodan o’zga zot yoq u yagona xech qanaqaaaa yovuzlik povuzlik yoq unda.
    lekin quyosh botganndan kn qorong’j bo’ladida boshqa Nima bo’ladi.
    Bu 1000 yil oldin ham shunaqa bo’lgam bundan knam shunaqa bo’ladi. eyshteyn Nimani isbotlamoachi bo’lgan tushunmadim

  5. Rozixon

    Ha ,juda ajoyib savol javob .tasirlanarli.

  6. Azizbek

    Anvar Eynshteyn bulmoqchi

  7. Fazo.tv

    Azizbek rofl rofl rofl rofl

  8. Black

    Buni tushunish uchun u kabi salohiyatga ega bòlish kerek

  9. Odilbek

    twunmadizmi Black?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social