Xitoyda ko’p narsalar teskari: iPhone kambag’allar uchun, Huawei – boylar uchun!
MobData tadqiqot agentligiga ko’ra, Xitoyda iPhone foydalanuvchilari, odatda Huawei yoki Xiaomi kabi boshqa mobil telefonlarning foydalanuvchilariga nisbatan ancha kam va ular unchalik boy emas ekan.
Shanxay firmasi iPhone foydalanuvchilari o’rta maktabni bitirgan 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan va oylik daromadi 450 dollardan oshmagan ayollar ekanligini aniqladi.
Ular “sezilmaydigan darajada kambag’al” deb nomlanuvchi guruhning bir qismi hisoblanadilar. Ular moliyaviy sharoitlarda unchalik yomon emaslar.
Huawei telefonlari foydalanuvchilari, odatda 25 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan erkaklar, diplom yoki bakalavr darajasiga ega bo’lib, ularning oylik daromadi $700 dan $3000 gachadir. Huawei foydalanuvchilari esa o’zlarining kvartiralari va avtomobili borligini ko’rsatdi. Apple foydalanuvchilarida esa unday narsalar yo’q ekan.
Yaxshi ma’lumotga ega bo’lganlar va oyiga 3000 dollardan ko’proq pul topadiganlar Huawei va Xiaomi telefonlarini afzal ko’radi, Oppo va Vivo telefonlari foydalanuvchilarining yarmidan ko’pi oyiga $450 dan $1,500 gacha daromad oladi. iPhone foydalanuvchilari kamida $450 va undan pastroq daromad olishar ekan.
Apple kompaniyasi, Samsung Electronics va Huawei Technologies dan keyingi uchinchi yirik smartfon yetkazib beruvchisi hisoblanadi va qoidaga ko’ra har yili yangi smartfonlarning narxini oshiradi. Yuqori narx, ayniqsa, Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlardagi juda ko’p fotdalanuvchilarni qo’rqitdi. Shuning uchun, ular Xitoydan OnePlus yoki Huawei kabi arzonroq variantlarni topdilar.
Huawei, Oppo, Vivo va Xiaomi Xitoydagi smartfonlar ishlab chiqaradigan to’rtta eng yirik kompaniyalardir. Ularning umumiy bozordagi ulushi deyarli 80 foizni, Apple esa 9 foizni tashkil etadi.
Siz qanday smartfon ishlatasiz?