Xa, siz adashmadingiz, bu haqiqatdan ham qamoqxona. Aniqrog’i Xalden Fengsel, Norvegiyadagi va dunyodagi eng insonparvar qamoqxona. Ushbu qamoqxona 250 mahbuslarga mo’ljallangan. Ulardan yarimi jiddiy jinoyatga, qotillik, tajovuz, zo’ravonlikka qo’l urganlar. Uchdan bir qismi narkotik moddalarni sotish va istemol qilganlari uchun jazolanganlar. Asosiy maqsad – ushbu insonlarni o’zgartirish va yaxshi hayotga qaytarishdir.
Bu so’zlarni tasdiqlash uchun bir statistikani ko’rsak bo’ladi: Norvegiyada, qamoqxonada o’tirgan va chiqib, yana unga 20 foizdan kamroq tushadi. Boshqa mamlakatlarda esa bu ko’rsatgich ancha yuqori darajadadir.