Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi grantlarni e’lon qildi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi  grantlarni e’lon qildi

Islom Karimov nomidagi fond Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlarni taqdim etish maqsadida OTMlarni bitirgan yigit-qizlar tanlovi boshlanganini e’lon qildi. Grantlar tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni) va rassomlik mutaxassisliklari bo’yicha ajratiladi.

Fond saytida ta’kidlanishicha, tanlovdan o’tganlar uchun ikki yilgacha muddatda chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari to’laligicha moliyalashtiriladi. Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O’zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan. Fond O’zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ’ib qilishga mo’ljallangan dasturlarni amalga oshiradi.

Manba: www.uz24.uz 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social