Italiyaning Paduya provintsiyasida dunyodagi eng chuqur basseyn ochildi. Y-40 nomli qurilma Montegrotto-Terme spa-kurortidagi Terme Millepini otelida joylashgan.
justify;”>Basseyining maksimal chuqurligi 40 metr. Y-40 ning chuqur qismi tsilindrdan iborat. U katta bosimga chidaydigan maxsus plita bilan qoplangan va chuqurda chiroqlar ham o`rnatilgan. Basseyn issiqlikni saqlab turuvchi suv bilan to`ldirilgan va uning harorati +32-34 °C darajada ushlanib turadi. Loyihaning muallifi – arxitektor va tadbirkor Emanuele Boaretto (Emanuele Boaretto). Uning ta`kidlashicha, kurilma nomidagi Y harfi grek «ypó» so`zidan kelib chiqgan bo`lib, so`zning tarjimasi «tagida» degan ma`noni anglatadi.
Y-40 barcha xohlovchilar uchun ochiqdir. Yaqin kunlarda basseynda g`avvoslar uchun maktab ochiladi. Ushbu maktabni mashxur sportchi Umberto Pelitstsari (Umberto Pelizzari) olib borishi kutilmoqda.
Italiyaning Y-40 basseyni, eng chuqur basseyn unvonini Bel`giyada joylashgan Nemo 33 nomli basseyndan olib ko`ydi. Uning maksimal chuqurligi 33 metr. Eng katta basseyn esa Chilining Algaborro da joylashgan. Uning maydoni 20 akr (90 ming kv.m) tashkil etadi va narxi 1 milliarddan oshadi.
Video: