Janubiy Koreyada suzuvchi shahar qurish rejalashtirilyapti

Janubiy Koreyada suzuvchi shahar qurish rejalashtirilyapti

Janubiy Koreyaning Pusan shahri qirg‘oqlarida suzuvchi shahar qurish rejalashtirilyapti. U toshqin va zilzilalardan himoyalangan bir necha sun’iy orollardan iborat bo‘ladi. Shahar quyosh energiyasidan quvvat oladi, uning aholisi esa o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi.

Pusan qirg‘oqlarida suzuvchi shahar qurish rejasi haqida Daily Mail Online nashri yozmoqda. Pusan, UN-Habitat (BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi) va Nyu-Yorkning Oceanix arxitektura byurosi shaharni qurish haqidagi kelishuvni imzoladi.

Shahar oltiburchak shaklidagi sun’iy orollar birikmasidan iborat bo‘ladi. Ma’lum qilinishicha, orollar dengiz sathi bilan birga ko‘tarilib, toshqin xavfini yo‘qotadi. Shahar zilzila, bo‘ron va sunamilardan himoya qiluvchi infratuzilma bilan jihozlanadi.

Shahar aholisi faqat o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlar bilan ovqatlanadi. Bu esa suv, energiya resurslari va yer maydoniga bo‘lgan bosimni kamaytiradi. Mahsulotlar aeropon (havo) tizimlari, shuningdek, an’anaviy ferma va issiqxonalarda yetishtiriladi.

Oceanix energotizimi avtonom bo‘ladi va uylar va binolar tomida o‘rnatilgan quyosh panellaridan elektr toki ishlab chiqaradi. Shahar suvni qayta ishlash tizimi bilan jihozlanib, aholi doimiy ravishda toza suv bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

«Suzuvchi shaharlar iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyasi arsenalining bir qismidir. Suv bilan kurashish o‘rniga, keling, u bilan uyg‘un holda yashashni o‘rganamiz», deydi UN-Habitat ijrochi direktori Maymunah Mo‘hd Sharif.

Loyiha mualliflari shaharni qurish qiymatini 200 million dollarga baholagan. Loyiha mualliflarining ma’lum qilishicha, dunyodagi ilk suzuvchi shahar 2025 yilga borib quriladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vau! Koreyada iwlab keludim, keyingi yili yana ketaman, wu waxarni k6rarman smile

  2. Alisher

    Qoyil good

  3. Koreya juda g6zal, 6wa yerga k64ib ketmoq4iman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social