Kanadada geoLagon loyihasi ishga tushirildi. Bu dunyodagi eng katta ochiq osmon ostidagi qaynoq basseyn bo‘lib Sharlevua shahrida qurilmoqda. Lagunaning umumiy maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Suv ombori atrofida sayyohlar yashashi mumkin bo‘lgan qishloq quriladi. Lagunada har doim issiq harorat saqlanib turadi va suv harorati butun yil davomida 39 daraja issiq bo‘ladi.
Energiya generatorlari, geotermal tizimlar, fotoelektrik va quyosh isitish tizimlari katta hajmdagi suyuqlikni isitishi mumkin. Shuningdek, lagunaning pastki qismi issiqlikni saqlaydigan maxsus materialdan tayyorlanadi. Ushbu material “termos” bo‘lib xizmat qiladi.
GeoLagonda quriladigan majmualar:
- 150 ta quyosh energiyasi bilan ishlaydigan kottejlar;
- san’at galereyasi;
- golf maydoni;
- tog‘-chang‘i kurorti;
- restoranlar;
- fermer xo‘jaliklari;
- sun’iy sharshara;
- SPA, saunalar, vannalar;
- kitlarni kuzatish uchun maydoncha.
Loyiha asoschilari zarur mablag‘ning 80 foizini sarmoyadorlardan olgan. Eng katta va qaynoq geoLagon hovuzining qurilishi 2023-yilning martiga rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning qurilishi 18 oy davom etadi.
Классно
Zurku
Койил
4iroyli joylakan, menga yoqdi
Assalomu aliykum hammaga chiroyli ekan
🙂 tezro o4ilsin