Karantin haqida quvnoq hazillar

Karantin haqida quvnoq hazillar

Hurmatli, qo’shnilar!
Axlatlarimni o’g’irlamanglar, iltimos! Axir men ham ko’chaga chiqishni xohlayman!
1.Eh, qanday davrlar ediya: Ishdan uyga, uydan ishga…Endi-chi, uy-uy-uy-uy!

2.Birovning sizdan qarzi bo’lsa, uning uyiga boring, ayni damda u o’sha yerda.

3.-Menga hozir bankdan qo’ng’iroq qilishdi. Karantin munosabati bilan kredit olishimizni tavsiya qilishmoqda, foiz stavkasi o’sha-o’sha. Tushunmadim, og’ir ahvolda qolgan menmi yoki ularmi?

-Ular shunchaki sening tirikligingga ishonch hosil qilishmoqchi bo’lishgan.

4.Mening nabiralarim uyda onlayn rejimda ta’lim olishmoqda. Shu sababli maktab ma’muriyati menga remont, yangi parda va mebel uchun pul o’tkazib yuborishini so’rab qolaman.

5.-Azizam, men seni dunyoni aylantiraman, deb va’da bergan edim. Ho’sh, xonim, qayerga bormoqchisiz?

-Voy, nimalar deyabsiz? Axir karantinku!

-Ha, mayli o’zing bilasan. Men so’zimda turdim, keyin gina qilib yurma.

6.Karantinda muntazam ravishda yugurish sporti bilan shug’ullanaman – divandan muzlatgichgacha.

7.Karantin hech ham zerikarli emas-da. Chalg’iyman desangiz, bekorchi ishlar qalashib yotibdi. Meni boshqa narsa qiynayapti, qanaqasiga bir paketdagi 1kg guruch – 2789 ta dona, ikkinchisida – 2804 dona bo’lishi mumkin?!

8.Karantinda qay biri dahshatliroq ekanligini bilmay ham qoldim: tana haroratimni o’chashmi yoki o’g’irlik vaznimnimi?

9.Karantinda bekorchilikdan xotinim bilan gaplashib qoldim. Hm, bilmagan ekanman, yaxshi xotin ekan!

10.“Karantin, karantin, deysizlar. Haqiqiy karantin nima ekanligini sizlar qayoqdanam bilardingiz?!” – deb hayqirdi Robinzon Kruzo.

11.Agar karantin davom etaversa, maktab va bog’chalar yopiq turaversa, ota-onalarning o’zlari olimlardan avval vaktsinani yaratadilar.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yana karantin, yana uyda 6tir! Jonga tegdi bu! Yo kasallikni uylab topib, hammaga chip q6yiwmmoqchi, Bill Geyts qivotti wulani dash

  2. Fazo.tv

    Salom Akmal, iltimos o’ylab yozing, bo’lmasa sizni blok qilib qo’yishimiz kerak bo’ladi, rahmat

  3. Oddiy bola

    6crmabszu fazooo!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social