Afsuski, uchar taxta hozircha ham orzu bo`lib qolmoqda, lekin huddi shu narsa Future Motion kompaniyasining direktori Kayl Dorkesen yangi Onewheel avlod skeytbordini yaratishga ruxlantirdi.
Bu eletkroskeyt asosan to`rt g`ildirak o`rniga, bir g`ildirakligi bilan farqlanadi. Asosiy yangilik – u avtomatik tarzda o`z foydalanuvchisining muvozanatini ushlaydi va undan hech qanday fizik harakatni talab kilmaydi.
Yangi gadjetning ko`rsatkichlari:
Akkumulyator: 48 V ( LiFePO4 )
Motor: 500 W
Tezlik : 20 km/coat
O`lchamlar: 760 x 230 x 290 mm
Eng ko`p oraliq masofa: 6 – 9 km
Zaryad olish vaqti: 20 daqiqa tez zaryad moslama orqali, standart 120 daqiqa
Og`irlik: 11 kg
Bir g`ildirakli skeyt o`zining dizayn orqali va yuqori texnologiya tufayli xozirgi skeytbordistlar orzu qilgan tryuklarni bajarsa ham bo`ladi. Yangi gadjet imkoniyatlari haqida video orqali bilib olishingiz mumkin:
zor uylab topishdi, lekin olib yurish qulay emas!