Kino darg‘alari: Bollivudning 100 yillik tarixidagi eng yaxshi 10 ta aktyor

Kino darg‘alari: Bollivudning 100 yillik tarixidagi eng yaxshi 10 ta aktyor

O‘z iste’dodi, jozibasi, shaxsiyati va mashhurligi bilan Bollivud kinosini yangi davrga olib chiqa olgan hind aktyorlari bilan tanishing.

1.Ashok Kumar

Bollivudning birinchi yulduzi. Bombay Talkies muharriri Sashadhar Mukherjiga qaynog‘a bo‘lgan. Ashok yuridik kollejdagi imtihonlardan o‘ta olmaganidan keyin Kalkuttadan Mumbaydagi singlisining oldiga keladi. Bir muncha vaqt u singlisining eriga yordam berish uchun studiyaga ishga kiradi va tasodifan aktyor bo‘ladi.

Studiyada “Yangi hayot” filmi suratga olinayotgan bo‘lib, bosh qahramon Najm-ul-Hasan hamkasbi Devika Rani bilan birga qochib ketadi. O‘sha paytda Devika rejissyor Ximanshu Rayga turmushga chiqqandi va keyinchalik loyihaga qaytadi. Aktyor esa ishdan bo‘shatiladi.

Shundan keyin Mukerji Ashokni rol o‘ynashga taklif qiladi. Kumarning eng katta boyligi uning xarizmasi bo‘lib, u xushmuomala va kelishgan erkak edi. U chiroyli tikilgan kostyum va zamonaviy shlyapalarda yurardi. Shunday qilib, u hind kinosining birinchi yulduziga aylanadi.

Ashok karyerasini yosh qahramon sifatida boshlagan, lekin tezda kattalar roliga o‘tadi. U o‘zining ikkita kichik ukasi Kishor va Anup Kumarni ham yoniga olib, o‘sha davrning mashhur kino oilalari bilan turmush qurish orqali oilaviy sulola yaratadi. Sanoat arboblari o‘rtasidagi bu murakkab nikohlarning barchasi Ashok Kumar tomonidan boshlangan.

2. Raj Kapur

Rajning otasi Prithviraj 30—40-yillar yulduzi edi. Raj 21 yoshida Bollivudda shov-shuvlarsiz karyerasini boshlagan, 23 yoshida esa u allaqachon yulduz sifatida tanilgan. 27 yoshida u abadiy klassik “Daydi” filmida rol o‘ynaydi — uning ekrandagi obrazi Chaplinga o‘xshardi.

Qaysidir ma’noda u Charliga taqlid qiladi. Ammo uning qahramonlarida hech qachon Chaplinning beg‘uborligi va soddaligi bo‘lmagan. Rajning qahramonlari murakkab va to‘g‘riso‘z edi. Uning “Mening ismim masxaraboz” filmidagi so‘nggi ajoyib roli o‘zini o‘zi aks ettiradi.

Kulgan, xursand bo‘lgan, boshqalarga quvonch olib kelgan, lekin ichida qayg‘u va o‘z kechinmalarini yashirgan masxaraboz — Raj Kapurning o‘zi edi. Rajning butun sanoatga ta’sirini baholab bo‘lmaydi. U eng yirik studiyalardan biri — RK Studios’ga asos solgan, afsuski, u hozirda mavjud emas.

Raj boshqa prodyuserlarning filmlaridan 3-4 baravar ko‘proq daromad keltirgan rekord darajadagi hitlarni yaratadi. U yangi kino hamjamiyatining quvnoq rahbari edi, hozir ham ko‘pchilik tomonidan seviladi va hurmat qilinadi.

3. Dev Anand

Dev Raj bilan do‘st bo‘lgan, u ham karyerasini o‘sha paytda boshlagan. U 1950-yillarda qadrdon do‘sti Guru Dutt tomonidan suratga olingan filmlarda debyutini boshlaydi.

Keyin u akalari bilan birgalikda o‘zining prodyuserlik markazini ochadi va qiziqarli, murakkab trillerlar qiroliga aylanadi. Uning eng katta roli, shubhasiz, “Avliyo/Yo‘l boshlovchi” filmi bo‘lib, unda vaziyat ta’sirida diniy guruga aylangan oddiy shaharlik yigit rolini o‘ynagan.

Dev yoshligida hayratlanarli darajada kelishgan, quvnoq va har jihatdan vazmin bo‘lgan. Aktyor, shuningdek, 40 yoshga to‘lgunga qadar hit filmlarda romantik rollarni o‘ynaydigan “qarimaydigan” yulduz edi.

U zamonaviy va rang-barang kiyimlarni kiyib yurardi. Dev Anand Bollivud olamiga olib kelgan aktrisalar ro‘yxati juda katta — 1950-70-yillarning eng yaxshi yulduzlari, jumladan, Vahida Rahmandan Zinat Amangacha.

4. Dilip Kumar

1950-yillarning uchinchi qiroli. Rajni “Shoumen”, Devni “Abadiy yulduz”, Dilipni esa “Tragediyalar qiroli” deb atashgan. Dilip o‘z qahramonlari, dialog tili, tashqi ko‘rinishi, xulq-atvori va boshqalar ustida ishlash uchun juda ko‘p vaqt sarflardi.

Uning ikkita eng katta roli “Buyuk mo‘g‘ul” filmidagi Devdas va shahzoda Salim bo‘lib, ikkala film ham tragediya edi. Keyin “Ram va Shyam” komediyasida mashhur rolini ijro etadi.

Dilip kelishgan aktyor edi, lekin bu uning asosiy ustunligi emasdi. Teran nigohlar, urdu tilining nozik talaffuzi, rolga to‘liq kirishib ketish — bular Kumarning asosiy fazilatlari hisoblanardi. U o‘nlab yosh aktyorlar uchun ilhom manbayi va bosh murabbiyga aylanadi.

5. Rajesh Xanna

Bollivudning birinchi superyulduzi. 1969-yilda “Sadoqat” filmi chiqishi bilan u Hindistondagi eng mashhur yulduzga aylanadi. Rajesh 15 ta filmdan iborat uzluksiz superhitlarda suratga tushadi — bu rekord hali hech kim tomonidan yangilanmagan.

Keyinchalik 5 yil o‘tgach, o‘z shon-shuhratini yo‘qotib, so‘na boshlaydi. Aktyor uzoq vaqtgacha suratga tushishni davom ettiradi, uning muxlislari va hit filmlari bor edi, ammo mashhurlik davri baribir nihoyasiga yetadi. 

Boshqa aktyorlarning ham jozibasi va iste’dodi bor bo‘lsa-da, lekin Xanna tom ma’noda ayollarni aqldan ozdirardi. Ayollar uni ko‘rganda yoki filmlarini tomosha qilgandan keyin hushidan ketishardi. Uning boshini yon tomonga ohista burishi va yarim tabassum qilishining o‘zi yetarli edi — u tomoshabinlarni sehrlab qo‘yardi.

Rajesh Bollivud kino tarixida birinchi superyulduz sifatida o‘z o‘rniga ega. U Yash Chopraning studiyasini ochishga yordam bergan “Yurak toshi” filmida suratga tushishga rozi bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘zi studiya ochmagan yoki boshqa aktyorlarga ustozlik qilmagan. Chopra aytganidek, Yash Raj Films studiyasida “Raj” nomi Rajesh Xannaga ko‘rsatilgan hurmatni bildiradi.

 6. Amitabh Bachchan

Hind kinosida yangi davri Amitabh Bachchan bilan boshlanadi. Shoirning o‘g‘li bo‘lgan Amitabh 1973-yilda “Kechiktirilgan qasos” filmida darg‘azab yigit rolida chiqishidan avval ikkinchi darajali aktyor sifatida ish boshlagan.

Tanqidchilar u haqida Amitabhda Dilip Kumarning aktyorlik mahorati va Rajesh Xannaning xarizmasi borligini yozishgan. Aktyor 10 yildan ortiq cho‘qqida mustahkam tura oldi, keyingi 10 yil davomida asta-sekin pastga tushdi va Bollivudning qahramon aktyori hamda kinosanoatining hurmatli otasi sifatida tanildi.

Amitabh baland bo‘yli va baquvvat, chiroyli ovozga ega yigit edi. Yoshligida unchalik jozibali bo‘lmagan. U butun faoliyati davomida yosh rejissyorlar va aktyorlar bilan ishlash hamda ko‘pchilikka yordam qo‘lini cho‘zish orqali hammaga o‘zining professionallik darajasini ko‘rsatadi.

Amitabh muxlislar bilan o‘zaro munosabatda ham boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. Har yakshanba kuni u uyi atrofida to‘plangan olomonga qo‘l silkitish uchun balkoniga chiqadi. U Twitter’da faol va muxlislarini o‘zining yaqin oilasi deb ataydi.

7. Amir Xon

Kino prodyuserlarining o‘g‘li, nabirasi va jiyani Amir kino ichida o‘sgan. U “Hukm” filmi bilan yoshlar qalbidan joy olgan holda 90-yillarning boshlarida ko‘plab romantik rollarni ijro etadi. Ammo keyin u asta-sekin “jiddiy” rollarga o‘ta boshlaydi.

Amir Xon bir vaqtning o‘zida faqat bitta loyiha ustida ishlashini aytgan va eng yuqori sifatli asar uchun bor kuchini sarflagan birinchi yulduz edi. Uning nodir filmlari doimo mashhur bo‘lib, tomoshabinlar uchun hamon qiziqarli.

Amirning jozibadorligi o‘zgarmoqda. Yoshligida aktyorning beg‘ubor ko‘rinishi unga faqat melodramalarda o‘ynashga imkon berardi. U o‘sib ulg‘aygan sari o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘proq tajriba o‘tkaza boshladi va perfeksionist laqabini oladi. U har bir rolda boshqacha bo‘lishga va bir xil obrazni ikki marta o‘ynamaslikka harakat qiladi.

Amir odatda tadbirlarga borishni xushlamaydi. Taqdirlash, to‘y va dafn marosimlarida kamdan kam qatnashadi. Ammo yiliga bir marta katta Divali ziyofatini o‘tkazadi, hamkasblarini doim hurmat qiladi va yaxshi munosabatda bo‘ladi.

U “Oskar”ni qo‘lga kiritishdan tortib, “Lagaan: Bir paytlar Hindistonda” filmlarini Xitoy va Yaponiyada namoyish qilishgacha bo‘lgan jahon sahnasida Bollivud kinosanoatini yoyishda katta ta’sir ko‘rsatdi.

8. Salmon Xon

1970-yillarning ajoyib ssenariy muallifi Salim Xonning o‘g‘li va Bollivudning eng buyuk raqqosasi Xelenning o‘gay o‘g‘li. Salmonning kino aloqalari bo‘lsa-da, lekin debyut rolini olish uchun ulardan foydalanmaydi. Salmon Xon “Sevdim” nomli filmi orqali kinoga shiddat bilan kirib kelgach, ko‘plab melodramalarda rol o‘ynaydi va yoshlarning kumiriga aylanadi.

90-yillarning o‘rtalaridan boshlab u turli janrlar, komediyalar va jangovar filmlar bilan shug‘ullanib, asta-sekin jangari filmlar yulduzi sifatida paydo bo‘ladi. U yangi iste’dodlarni kashf qiladigan kichik prodyuserlik uyi bilan ham tanilgan.

Muxlislarning aytishicha, Xonning asosiy ustunligi — uning mehribon yuragi. U yosh oshiq yigitdan jangari filmlar yulduzigacha ko‘tarildi. Qaysidir ma’noda Salmon Bollivud kinosanoatning yuragi hisoblanadi. Uning oilaviy uyi o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur, u yerdan hech kim och ketmaydi.

Salmon xayriya ishlarida ham faol. Hayotida juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo ko‘pchilik uni allaqachon kechirgan va uning faqat yaxshi ishlarinigina eslashadi.

9. Shohruh Xon

Boshqalarga o‘xshamaydigan 3-Xon. Faoliyatining boshida u hamma rad etgan qayg‘uli rollarni o‘ynaydi. Keyin u romantik rollarda o‘zini sinab ko‘radi. Boshqa ikki Xon shunga o‘xshash rollardan voz kechishni boshlagan paytda bu rollar Shohruhga mashhurlik keltiradi.

Shohruh xalqaro miqyosda ham mashhur aktyor. Darhaqiqat, uning xarizmasi va jozibadorligi hozir ham yoshligidan-da kuchliroq. U josus, qotil, psixopat va muhabbatda omadi kelmagan yigit rollarini o‘ynashdan qo‘rqmaydi.

Shohruh hind kinosining xorijdagi yuzi bo‘lib, xalqaro muxlislar hamjamiyatini ancha kengaytirdi. Kino sanoatida u mezbondan ko‘ra ko‘proq mehmonga o‘xshaydi. Uning Bollivudda bir nechta yaqin do‘stlari bor, lekin shunga qaramay hali ham biroz begonadek ko‘rinadi.

Shohruh Xon Bollivud sanoatiga katta ta’sir ko‘rsatgan aktyorlardan biri hisoblanadi. Netflix bilan prodyuserlik shartnomasi uning jamoasiga bugungi kunda Hindistonda ishlab chiqarilgan ko‘pgina filmlar ustida ishlash imkonini beradi.

10. ?

Sizningcha, Bollivudning 100 yillik tarixidagi eng yaxshi 10 ta aktyordan kim bu o‘rinni egallashga loyiq?

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хакикий легендалар!

  2. Тимур

    Ман учун лекин Радж Капур 1 уринда

  3. Manga Shoxruxxon va Bachchan yoqishadi heart

  4. Shokruhon baribir zorde good

  5. Yurak o’g’risi u rofl

  6. Salom alaykum Gulim, qanaqasiz? kiss

  7. Psiholog qiz

    Aziza sz etyotgan osha yure oģrisi manmande rofl laugh

  8. Assalom Alaykum Azizam Allahga shukr yaxshiman qalaysiz

  9. Bilardim wuni Jasmina kiss laugh

  10. Rahmat yaxwiman Gulim, issulada qiynalmesmi? kiss

  11. Aktrisala haqidayam yozila

  12. Psiholog qiz

    Voye voye boburchik aktirisala haqida bilgiz kesa yutubedan ko’rvolin rofl

  13. alhamdulillah_13

    xaa mangayam shohruhxon yoqadi ronaldo xaqida yozsalarinam xursan bulardm smile

  14. Bowlandi rofl blum

  15. alhamdulillah_13

    nma bowlandi qzla

  16. Bilmasam rofl

  17. alhamdulillah_13

    sad tobaaa smile

  18. Jasurbek

    laugh

  19. Manimcha Azizam boshlandi deb Mutahharo Ronaldo haqda aytkanisga shekili

  20. alhamdulillah_13

    xaa bildm guli smile nma qlay nma qlaaaay sevamandaaa dydiyu smile smile kiss

  21. Ha mayli avval men ham futbolga qiziqardim hozir kormiman avbal ronaldoga men ham muxlislik qilganman smile

  22. alhamdulillah_13

    xaa man endi qizqb qoldm 2yildan beri mmagayam qiziqaman rasa smile

  23. Kimga bolet qilas?

  24. alhamdulillah_13

    salom futbolda ronaldo mbappe mmada nursulton ruziboyev amirxon alixujayevlaga lekn barbr eng eng sevb balet qlegonm yahwi kuregonm Murod xonturayev edi sorry

  25. alhamdulillah_13

    cet eldan Xamzat Chimayev islomaxachevgala muxlisman

  26. Ismiz nima? Uzr soramabman smile

  27. alhamdulillah_13

    mutohharo ismim 05man

  28. Tanishganimdan hursandman heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social