Kanadalik nafaqaxo‘rning kitobi qizining TikTok’dagi videosi tufayli mashhur bestsellerga aylandi

Kanadalik nafaqaxo‘rning kitobi qizining TikTok’dagi videosi tufayli mashhur bestsellerga aylandi

74 yoshli kanadalik nafaqaxo‘r Lloyd Richardsning kitobi qizi Margaritaning TikTok’dagi videosi tufayli Amazon bestsellerlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

“Bag‘ritosh qizlar” mistik triller asari Richardsning nashr etilgan yagona kitobi. U romanni 14 yil davomida yozgan va 2012-yilda nashr ettirgan, biroq o‘shandan beri kitobning faqatgina bir necha o‘nlab nusxalari sotilgan edi”, — deb xabar beradi CBC.

Margarita 8-fevral kuni TikTok’dagi sahifasida ta’sirli videoni e’lon qildi, u videoda otasi ko‘p yillar davomida kitob ustida qanday ishlagani haqida gapirib bergan. Shu bilan birga, nafaqaxo‘r Lloyd sug‘urta kompaniyasida ishlagan va ko‘p vaqtini bolalariga bag‘ishlagan.

Video ijtimoiy tarmoqlarga juda tez tarqaldi va hozirga qadar deyarli 45 million marta ko‘rildi. Ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari bu voqeadan hayratda qoldi va Amazon’dan romanni sotib oldi. Video TikTok’da e’lon qilinganidan bir hafta o‘tgach, “Bag‘ritosh qizlar” romani Kanada va AQSHda platformaning bestsellerlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Richardsning asari hattoki shahzoda Garrining “Zaxira” nomli memuarini ham ortda qoldirdi.

“Men bunga ishonolmayapman, juda hayajondaman. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan narsa. Bularning hammasi uchun qizimdan qarzdorman”, — deydi Richards.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Баракалла! Молодец!

  2. Malikabonu

    Mana tiktokni ham foydali taraflari kup

  3. Bizada qa4on iwlidi tiktok?

  4. hi4 kim bilmidi, vpn urnatin, iwluradi

  5. Molodec!

  6. Farruhbek

    Barakalla qizaloq

  7. Рашид

    Шундай хикоялани укиб, мазза киламан

  8. Durdona

    tiktok nima u?

  9. Тимур

    Инстаграм ухшаш нарса

  10. Qoyilman

  11. Наргиза

    good good

  12. Nodirabegim

    Barkalaa

  13. Tiktok instagrandan foydalanmaymanu foydali tomonlari bor ekan ajoyib

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social