Koronavirus yuqtirganlardan ayrimlarning ahvoli og‘irlashib qolishi, boshqalari esa uni yengil shaklda o‘tkazishi irsiyatga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olimlar semizlikka yo‘liqqan va qon bosimiga ega insonlarga tahdid kattaroq ekanligidan ogohlantirmoqda.
Olimlar koronavirus yuqtirish alomatlari turli odamlarda farqlanishini tirishqoqlik bilan aniqlashga harakat qilishmoqda, deb yozadi Bloomberg. Kimlardir yengil shamollash alomatlariga duch keladi, boshqalarida alomatlar umuman bo‘y ko‘rsatmaydi, minglab insonlar uchun esa kasallik o‘lim bilan tugamoqda. Agentlikning qayd etishicha, bunday farqlanishning sabablarini hozircha hech kim aniqlay olgani yo‘q, biroq nazariyalardan biri alomatlarning irsiyatga bog‘liqligidan so‘zlamoqda.
«Nega ayrim insonlar jiddiy og‘rib qolmoqda, boshqalari umuman kasal bo‘lmayapti? Bu yerda ikkita ehtimolli variant bor», — deydi deCODE Genetics biofarmatsevtika kompaniyasi rahbari Kari Stefansson. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi variant virusning o‘z genetik izchilligini nazarda tutadi, ya’ni ayrim shtammlar boshqalariga nisbatan insonlarni kuchliroq og‘rishga majbur qiladi. Ikkinchi variant kasal bo‘lganlarning irsiyatiga bog‘liq. Ayrim odamlarning genlari ularni og‘ir kasalliklarga moyil qiladi, boshqalarning genlari ularga virusga nisbatan yaxshiroq qarshi turish imkonini beradi.
Ikkinchi nazariya tasdig‘i uchun olimlar kamida bitta ilmiy faktni keltirishmoqda. Virusga hujayralarga o‘tish imkonini beradigan ACE2 retseptori turli odamlarda irsiyat va boshqa omillar, aytaylik, u ichib yurgan dorilar tufayli turlicha miqdorda bo‘ladi.
«Po‘rtana» hujumi
Boz ustiga, olimlar odamlarni nima koronavirus oldida ojiz qilib qo‘yishini qisman tushunib bo‘lishgan, deya ta’kidlaydi Bloomberg. Ayrim tadqiqotchilar asosiy rolni insonni himoya qilish o‘rniga jiddiy kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘luvchi immun tizimiga berishmoqda. Organizm noma’lum virusga qarshi turish uchun katta kuch sarflay boshlaganida, organizm «holdan toyib», fanda «tsitokin po‘rtanasi» deb ataluvchi holatga duch kelishi mumkin. Buning oqibatida insonga virus yetkazadigan zarardan ko‘proq ziyon yetishi mumkin.
«Agar bir nega ayrim odamlar tsitokin po‘rtanasini boshdan kechirayotgani tushuna olsak, ularni samaraliroq davolay olishimiz mumkin, — degan Bloomberg’ga Yyel universiteti immunologi Akiko Ivasaki. — Bizda davolashni ishlab chiqish uchun oqilona yo‘l yo‘q. Biz shunchaki reaksiya kutib, insonlarga bir xil dorilar yuboramiz». Uning qayd etishicha, kasallikni «molekulyar darajada» tushunish davolashni yanada samaraliroq qiladi.
Agar faqat immunitet omiligi tayaniladigan bo‘lsa, immun tizimi yetarli darajada rivojlanmagan bolalar kamroq tahdidga duch kelmoqda, deya ta’kidlaydi Bloomberg. deCODE’ning ma’lumotlari ham og‘ir alomatlarga ayollar kamroq duch kelishini ko‘rsatmoqda.
Semizlar uchun tahdid
Tahdid guruhiga turli shamollash jarayonlariga moyil yoshi katta insonlar tushib qolmoqda, deb yozadi agentlik. Boz ustiga, bunday sabablarning aksariyati aynan irsiyat bilan bog‘liq. Nyu-York universiteti qoshidagi Langon tibbiyot markazi vrachlari mart oyida koronavirus yuqtirib, shifoxonaga yotqizilgan 4000 bemorni tahlildan o‘tkazishgan. Ma’lum bo‘lishicha, jiddiy semizlik, 40 kilogrammdan ziyod ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, 65 yoshdan oshgan insonlarning shifoxonaga yotqizilish ehtimoli juda katta.
Semizlik va kritik holat o‘rtasidagi bog‘liqlikni Langon markazi dotsenti Kristofer Petrilli eng kutilmagan hol deb atadi. 60 yoshdan kichik bo‘lgan semirish dardiga mubtalo bo‘lgan patsiyentlar o‘zlarining normal tengdoshlariga nisbatan ikki barobar ko‘proq shifoxonaga yotqizilish ehtimolini namoyish etishgan. Semizlikka yo‘liqqanlarga uch barobar ko‘proq intensiv terapiya kerak bo‘lar ekan. Bunday natijalar mantiqli, chunki semizlik shamollash jarayonlari hosil bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi, degan Petrilli.
«Bu shubhasiz irsiyat bilan bog‘liq. Irsiyat immun tizimimiz rivojlanishi muhim rol o‘ynaydi», — degan tibbiyotchi. Semizlikdan tashqari, u irsiyat bilan bog‘liq yana ikkita asosiy omilni keltirgan — yuqori qon bosimi va qandli diabet. Nyu-York shtatida tadqiqotchilar koronavirusdan vafot etganlarning qariyb 90 foizida salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolari ham bo‘lganini aniqlashgan. Ularning orasida eng ko‘p uchragani — yuqori qon bosimi (vafot etganlarning 56 foizda), diabet, xolesterin miqdorining yuqoriligi va yurak kasalliklari.