Kuniga hech bo‘lmaganda 15 daqiqa piyoda yurish uchun 15 sabab

Kuniga hech bo‘lmaganda 15 daqiqa piyoda yurish uchun 15 sabab

Piyoda yurish – A nuqtadan B nuqtaga harakatlanish usuligina emas. U sizga ko‘proq narsa berishi mumkin.

1. Kayfiyatni ko‘taradi

Sayrlar kayfiyatni ko‘taradi, ayniqsa, sportzalda emas ochiq havoda bo‘lganida. Bundan tashqari, u depressiyada yordam beruvchi vosita sanaladi.

2. Ijodkorlikni oshiradi

Agar ilhomni yo‘qotib qo‘yib, uni qanday qilib qaytarishni bilmasangiz yoki g‘oyani hayotga mos loyihaga aylantirishga intilayotgan bo‘lsangiz, sayrga otlaning. Piyoda yurish fikrlashning konvergent va divergent turlarini yaxshilaydi. Aynan ular ijodkorlik bilan bog‘liq.

3. Allergiyaga qarshi kurashishda yordam beradi

Allergiya mavsumida uni qo‘zg‘atuvchilardan himoyalanish, aksirish, ko‘z yoshi va qichishishlardan xalos bo‘lish uchun uyda “yashirinib olish” istagi paydo bo‘ladi. Biroq olimlar bu strategiyani qo‘llab-quvvatlashmaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yurish va yugurish allergiya belgilarining oldini oladi.

4. Metabolik sindrom ehtimolini kamaytiradi

Metabolik sindrom – yuqori qon bosim, qondagi qand miqdorining yuqori darajasi, ortiqcha vazn kabilarni o‘z ichiga olgan salomatlik bilan bog‘liq muammolar majmuasi. U diabet, yurak qon-tomir kasalliklari, erta o‘lim darakchisidir. Metabolik sindrom o‘tirish holatidagi turmush tarzi sababli paydo bo‘ladi. Unga qarshi samarali va bepul vosita – aerobika mashqlari mavjud.Tez-tez yurish sog‘liq uchun kurashda a’lo usulga aylanadi.

5. Umrni uzaytiradi

Kundalik mashg‘ulotlar umrni yetti yilga uzaytirishda yordam beradi. Qo‘shimcha yillarni zavq bilan yashash ehtimoli yuqori, chunki piyoda yuruvchi kishilar o‘zlarini baxtli his etishadi.

6. Tejashda yordam beradi

Fitnes-klub abonementi va trener bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar qimmat bo‘lishi mumkin. Piyoda yurish uchun esa hech qanday qo‘shimcha anjomlar kerak emas. Hatto maxsus oyoq kiyim uchun ham pul sarflashning hojati yo‘q. O‘zingizda mavjudlaridan eng qulayini tanlashning o‘zi kifoya.

7. Yoshlikni uzaytiradi

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muntazam piyoda yuradigan kishilar hujayralari nuqtai-nazaridan o‘zlarining dangasa tengqurlariga qaraganda ancha yosh ko‘rinishadi.

8. Uyquni normallashtiradi

Muntazam piyoda yurgan kishilar yaxshi va tiniqib uxlashadi. Uyqusizlik, uyquga ketish bilan bog‘liq boshqa muammolardan kamroq aziyat chekishadi. To‘laqonli hordiq esa uzoq va sog‘lom hayotning asosiy omillaridan biridir.

9. Zo‘riqishni kamaytiradi

Zamonaviy dunyoda zo‘riqishni kamyob hodisa deb bo‘lmaydi, u jismoniy va ruhiy salomatlikka jiddiy zarar yetkazadi. Yurish – tinchlanishning tezkor va samarali usuli. U kortizol darajasini normallashtirish va ongni tozalashga yordam beradi.

10. Miya faoliyatini yaxshilaydi

Yurish nafaqat tana, balki miya uchun ham foydali. Muntazam sayrlar xotira, anglash, o‘rganish ko‘nikmalarini yaxshilaydi, shuningdek, demensiya va Alsgeymer kasalligi rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.

11. Og‘riqni qoldiradi

Surunkali og‘riqdan aziyat chekuvchi odamning xayoliga ham kelmaydigan usul bu – muntazam sayrlar. Biroq olimlar yurish ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli istiqbolda yordam berishini aniqlashgan. Hatto sayrlar sizni og‘riqdan butunlay xalos qilmasa ham uni yaxshiroq yengish imkonini beradi.

12. Suyaklarni mustahkamlaydi

Mustahkam suyak to‘qimasi suyaklarni kuchli qiladi va osteoporoz, umurtqa deformatsiyasi va tayanch-harakat apparatining boshqa muammolarini bartaraf etishda yordam beradi. Yurish – suyaklarni mustahkamlash usullaridan biri.

13. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Ko‘rish qobiliyatining yosh bilan bog‘liq muammolari erta-kechmi har bir insonning boshiga tushadi. Biroq muntazam aerobika mashqlari, jumladan, yurish ham ko‘zlarni uzoq vaqt davomida sog‘lom holda saqlashga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam sayr qilgan kishilar to‘r pardaning degeneratsiyasi va yosh o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyatining yo‘qotilishidan kamroq aziyat chekishgan.

14. Vaqtni yaqinlar bilan o‘tkazish imkonini beradi

Yolg‘iz yurishning ko‘plab afzalliklari mavjud. Biroq ko‘pchilik bo‘lib sayr qilish ancha qiziqarli. U kompyuter va televizor kabi chalg‘ituvchi omillarni istisno qilib, do‘stlar va oila a’zolari bilan muloqot qilish imkonini yaratadi.

15. Kasalliklarning oldini oladi

Jismoniy faollik saraton, diabet, yurak va o‘pka kasalliklarining oldini oluvchi sehrli xapdori deb ataladi. Haqiqiy dorilardan farqli ravishda sayrning qo‘shimcha ta’siri yo‘q, uni olish uchun retsept ham shart emas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social