50 yoshli Maykl Jordan kelib chiqishi kubalik bo`lgan 35 yoshli Ivett Prietonining muhabbatini qozondi va munosabatlarini rasmiylashtirdi.
Ikki “yosh” bir necha yillarda beri uchrashib yurishgan, lekin nikohdan o`tishga kelganda hech qaysi bir taraf aniq bir taklifni o`rtaga tashlashga jur`at qilisha olmayotgan edilar. Juftlikning do`stlari kelin-kuyovlar to`yga ancha tayyorgarlik ko`rishgani va kuyov to`ra kelinposhshaning barcha istaklarini inobatga olganligini ta`kidlashmoqda.
Nikohdan o`tish marosimi 28 aprel` kuni AQShning Florida shtatida, Maykl Jordanning o`yidan uncha uzoq bo`lmagan ibodat xonada bo`lib o`tdi. Marosimga 300 kishi taklif etilgan. Kelin-kuyovlarni tabriklash uchun qator taniqli yulduzlar, jumladan mashhur gol`fchi 14 karra chempion Tayger Vuds ham tashrif buyurgan.
Biroq to`yga taklif etilganlardan sovg`aning o`rniga Jeyms Jordan xayriya jamg`armasi hisobiga pul o`tkazish iltimos qilindi. Basketbolchining otasi nomi bilan ataladigan ushbu jamg`armani hozirda uning onasi boshqarib kelmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jordan Milliy basketbol ligasidagi 19 yillik faoliyati mobaynida bir qator jamoaviy va shaxsiy mukofotlarni qo`lga kiritgan. Ajayib sakrashlari bilan yodda qolgan Jordanni muxlislar “Janob Havo” deb chaqirishardi. U basketboldagi faoliyatini 2003 yilda “Vashington Uizards” klubida yakunlagan, hozirda esa “Sharlott Bobkets” jamoasining egasi hisoblanadi.
nerealniy narsa, bulani buylariga qarang – sohibjamol qizni tanlovi shunday busa, ishonish qiyin
олдинлари “севги ёш танламайди” дейишарди, энди эса – “севги буй танламайди”
agar silladayam shuncha boylik buganida, manimcha silladayam shunday sohibjamol qizlariz bulardi, birovlani yutug’idan (baxtidan) hursand bulish kere kishi