“Bunyodkor” saralash bosqichda

“Bunyodkor” saralash bosqichda
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqich 6-tur uchrashuvlariga start berildi. Shu bilan guruh bosqichlariga yakun yasaldi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safarda Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” klubiga qarshi maydonga tushdi. 
 
Birinchi bo`limning dastlabki 10 daqiqada jamoalar asosan himoyani o`ylab harakat qilishdi. 15 daqiqada Lutfulla To`raev to`pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilardan qaytgan to`pni Anvar G`ofurov darvozaga yo`lladi. Ammo darvozabon to`pni qaytardi. O`yining 31 daqiqasida  “Poxang Stilers” murabbiysi  ilk  o`zgarishni amalga oshirdi. 18 raqamdagi Ko Yul Mu o`rniga 22 No Jun Byung tushdi. 43 daqiqada No Jun Byungning 16 metrlardan yo`llagan zarbasi Bunyodkor darvoza to`siniga tegib maydonga qaytdi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. 0:0
 
Ikkinchi bo`limni maydon egalari hujumkor tarzda boshlashdi. 50 daqiqada Dilshod Jo`raevning 25 metrlardan yo`llagan kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o`tib ketdi. Ikkinchi bo`limda ikkali klub murabbiylari maydondagi bir necha futbolchilarni almashtirib, o`zgarishlar kiritdi. O`yining 79 daqiqasida To`raev to`pni o`ng qanotga oshirdi, Alibobo oldinga o`tib jarima maydoni ichida Dilshod Jo`raevga oshirdi. Dilshod to`pni darvozaga yo`llay olmadi, ammo to`p bo`sh darvoza qarshisida turgan Pishurga keldi. Oleksandr to`pni osonlik bilan darvozaga yo`lladi – 0:1.
 
Ikkinchi bo`limning asosiy vaqti tugadi. Xakam o`yinga qo`shimcha yana 4 daqiqa qo`shib berdi. Bu vaziyatdan esa raqiblar foydalanib, o`yining 90+2 daqiqasida Park Xo Seong jarima maydoni ichida to`pni egallab oldi va Nesterovning uzoq burchagini aniq nishonga oldi – 1:1. O`yin oxirigacha xisob o`zgarmadi.
 
Guruhning ikkinchi juftligida esa “Sanfrechche Xirosima” o`z maydonida “Beyjing Guan” bilan  durang qayd etdi. Ushbu durangdan so`ng “Bunyodkor” guruh peshqadamligini mustahkamlashga erishdi hamda keyingi bosqichga yo`l oldi. 
Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jamshid

    Uraaaaa!!! Gap yo’q. Bunyodkor olg’a!!!!

  2. Gol

    хар дойимгиде ели ели бир амаллашди, лекин уларни голи чиройли чикди, халиям Нестерев бор экан дарвозада, бумаса бунёдкор аник ютказарди

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social