Metro bekatlarida qipiqlar qayerdan paydo bo’lishini bilasizmi?

Metro bekatlarida qipiqlar qayerdan paydo bo’lishini bilasizmi?

Agar siz metroda tez-tez yursangiz, demak siz ba’zida bekat hodimlarining metroda qipiqlarni supurib yurganliklarining guvohi bo’lgansiz. Metro bekatiga mana shu qipiqlar qayerdan kelganligi haqida hech qiziqib ko’rganmisiz?

Metro bekati – bu yopiq maydon. Bekatlarda doim odam gavjum bo’ladi. Har bir bekatga tushgan odam o’zi bilan chang va kirni olib tushadi.

Bundan tashqari, metro bekatlarida har doim zanglagan-qizil chang bo’ladi. Agarda bekatlarni tozalash vaqtida shunchaki supurish yoki changyutgich texnik jihozlaridan foydalanilganda bekat polidagi butun chang havoga ko’tarilib hamma joyga tarqalardi, bu esa yo’lovchilar uchun zarardir.

Nam qipiqlar bekatlarda sochiladi. Qipiqlar chang va kirlarni o’ziga tortadi va ularni havoga kutarilishiga yo’l qo’ymaydi. Qipiqlarni esa supurish oson: ular uyum bo’lib yig’iladi va marmar polni ham yaralamaydi.

Agar siz buni oldin bilmagan bo’lsangiz, endi bilasiz. Boshqalar bilan bo’lishishni ham unutmang!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Ajabo! biz haqimizda o’ylasharkan de, man oldin bu marmar pol chiroyli bo’lsin deb qilishadi deb o’ylirdim

  2. Qiziq savolga qiziq javob oldim. Ilgari metroda o’tirib men ham shu savolni bergim kelar edi. Rahmat. Fazo sayti ijodkorlariga omad.

  3. Shaxnoza

    Qoil. Fazo tv sizlar odamlar uchun juda ham foydali maqolalar yozib, insonlarni dunyo qarashini kengaytiryapsizlar. Sizlarga mingdan ming raxmat.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social