“Chelsi” Angliya kubogi g`olibi!

“Chelsi” Angliya kubogi g`olibi! Bu iborani eshitgan chelsining ashaddiy muhlisi ham mavsum o`rtalarida ishonmas edi. Ha, haqiqatdan ham Roberto Di Matteo Chelsini inqiroz ko`chasiga kirib qolgan jamoani g`oliblik sari ko`tardi desak adashmaymiz.

Angliya kubogi finali. Bu sovrinni “Liverpul” klubi etti marotaba qo`lga kiritishgan. “Chelsi” klubi esa olti marotaba kubokni o`z muzeyiga olib ketishga muvaffaq bo`lgan edi. Bu safargi final o`yini nafaqat “arestokratlar” uchun, balki “Liverpul” uchun ham juda muhum uchrashuv edi. Albatta har bir final bahslari muhum uchrashuvlardan sanaladi, ammo bu klublar uchun mavsum juda og`ir keldi, shu sabab bu final ularga shu mavsumda “Liverpul” uchun ikkinchi, “Chelsi” uchun esa birinchi va oxirgi kubok bo`lishi kutilgan edi. 

O`ta qiziqarli, murosasiz va hujumkor kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “arestokratlar” foydasiga hal bo`ldi. Har ikki jamoa ham muxlislar uchun haqiqiy futbol spektakli namoyish etib berishdi. “Chelsi” ham, “Liverpul`” ham g`alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar. O`yinning 11 – daqiqasida himoyachilardan qochib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Ramires hisobni ochdi. Ana shundan so`ng bir-birini o`rganayotgan jamoa ochiq futbol namoyish etishga tushib ketdilar. “Liverpul`” qarshi hujumda darhol javob qaytirishi mumkin edi, biroq “arestokratlar” himoyada bexato o`yin namoyish etdilar. Birinchi bo`limda har ikki jamoada etarli imkoniyatlarni yuzaga keltirgan bo`lsalarda, birinchi bo`limda hisob boshqa o`zgarmadi.

Ikkinchi bo`lim esa birinchisidan ham qizg`in o`tdi. Dastlab, Drogba o`z uslubida birgina harakat bilan darvozabonnni dog`da qoldirdi va hisob 2:0 ga etdi. Shundan so`ng “Liverpul`” tinimsiz hujum uyushtirishga o`tdi va o`yinning ikkinchi bo`limida o`yinga tushurilgan  Kerroll hisobni 2:1 ko`rinishiga olib keldi. Kerrolning bu golidan keyin “Liverpul” muhlislari joniga aro kirdi desa bo`ladi, va ko`pchilik Evropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvini esga olishdi, eslatib o`tamiz bu final uchrashuvida “Liverpul” italiyaning “Milan” klubidan birinchi bo`limda 3:0 hisobidan yutqaziyotgan vaqtida, o`yin tizg`inini o`z qo`liga olib, chempionlar ligasi g`olibi bo`lishga erishgan edilar. Qolgan daqiqalarda ham asosan, “Liverpul`” hujum uyushtirdi, qator imkoniyatlarga ega bo`ldi, biroq o`yinda hitsob boshqa o`zgarmadi.

Shu tariqa “Chelsi” Angliya kubogi bosh sovrinini boshi uzra baland ko`tardi. Barcha chelsi muhlislarini bu ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz va oldinda 19 – may kuni bo`lib o`tadigan Evropa Chempionlar Ligasi final o`yinida omad tilab qolamiz!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. uzbek

    chelseaga bu yil gap yoq, molodci. lekin angliya chempionatida man citi chempion buladi shekili

  2. Номаълум

    barakala Chelsea, lekin angliya chempion unvoniga City oldi,ularga voobshem gap yoq,zor uyin bulgan!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social