Ilon Mask 2027-yilga kelib tarixda birinchi trillioner bo‘lishi mumkin. Kelajak haqida yuksak g‘oyalarga berilgan, innovatsiyalar sari intiluvchi bu daho murakkab xarakteri bilan ham tanilgan. Uning hayoti va faoliyati haqida kitob yozish uchun Uolter Ayzekson Mask bilan ikki yil vaqt o‘tkazadi. Uolter Ayzekson kitobidagi Ilon Maskning bolaligi haqida qiziqarli parchalardan birini quyida o‘qishingiz mumkin.
Maktabga 3 yoshida borgan
Ilon uch yoshligida onasi qiziqishi kuchli ekanini sezib, uni tayyorgarlik maktabiga berishga qaror qiladi. Maktab direktori uni bu fikridan qaytarishga harakat qilib, Ilon sinfda eng yosh bola bo‘lishini va tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiynalishini aytadi. Yana bir yil kutganingiz ma’qul, deydi u. “Men kutolmayman, dedi onasi Mey. — U faqat men bilan emas, boshqalar bilan ham muloqot qilishi kerak. Bu bola haqiqatan ham daho”. U o‘z qarorida qat’iy turadi.
Darslarda “uzilib qolish” odati
Ilonning ota-onasini maktab direktori chaqirib, “Bizda Ilonning rivojlanishi sust ekaniga asos bor”, deydi. O‘qituvchilardan biri uning har doim xayol surib yurishini va hech kimni eshitmasligini aytadi. “U doimo derazaga qarab turadi, men o‘zimga qaratishga urinsam, barglar allaqachon jigarrang tus olgan, deb javob beradi,” deydi o‘qituvchi.
Ilonning chuqur o‘yga cho‘mib, atrof-muhitdan uzilib qolish odati bolaligidan boshlangan. “Bolaligimdan beri biror narsa haqida jiddiy o‘ylay boshlasam, barcha sezgi a’zolarim o‘chib qolgandek bo‘ladi, deydi u. Hech narsani ko‘rmayman va eshitmayman. Men o‘sha paytda miyamni hisob-kitob qilish uchun ishlataman, kiruvchi ma’lumotni qayta ishlash uchun emas”. Boshqa bolalar uning diqqatini jalb qilish uchun oldida sakrashib, qo‘l silkitishardi, lekin Ilon ularni umuman sezmasdi.
Yolg‘izlik hissi
“U maktabga borganida o‘zini juda g‘amgin va yolg‘iz his qila boshladi, deydi onasi. Ukasi va singlisi — Kimball va Toska birinchi kunning o‘zidayoq do‘st orttirib, ularni uyga olib kelishardi. Lekin Ilon hech qachon kimnidir uyga taklif qilmasdi. U do‘stlashishni xohlardi, lekin qanday qilishni bilmasdi”.
Natijada u yolg‘izlanib qoladi. “Bolaligimda doimo men yolg‘iz qolishni xohlamayman, deb takrorlardim”, deydi u 2017-yilda Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida.
Yangi narsalarni tez o‘rganadi, lekin ko‘p xayol suradi
“Matematika darsida u yangi narsalarni tez o‘zlashtirardi”, deb ta’kidlagan edi uning o‘qituvchisi. Biroq uning tabelidagi izohlar doimo bir xil mavzuda bo‘lgan: “U juda sekin ishlaydi, chunki xayol suradi yoki qilmasligi kerak bo‘lgan ishlarni qiladi”; “U kamdan kam hollarda boshlab qo‘ygan ishini tugatadi. Kelasi yilda u o‘z ishiga e’tibor berishi va darsda xayol surmasligi kerak”; “Uning insho va ijodiy ishlarida faol tasavvuri borligini ko‘rsatadi, lekin har doim berilgan vaqt ichida tugatolmaydi”. O‘rta maktabga o‘tishidan oldin uning o‘rtacha bahosi 100 dan 83 edi.
Tungi kitobxon
Ilon haqiqiy sarguzashtlarga oshno bo‘lib, tun bo‘yi kitob o‘qiydi. Ertalab soat 6 da onasining xonasida chiroq yonganda, u uxlab qolardi. Shu sababli onasiga uni maktabga uyg‘otish qiyin bo‘lardi, ba’zan maktabga soat 10 ga yaqin borardi.
Ba’zida u 9 soat davomida tanaffussiz kitob o‘qirdi. Oilasi bilan kimningdir uyiga mehmonga borishganida Ilon uy egasining kutubxonasida yo‘qolib qolardi. Shahar markaziga borishsa, boshqalardan ajralib, doimo kitob do‘konida bo‘lardi. Do‘konda yerga o‘tirib olgancha o‘z dunyosiga cho‘mib ketardi.
Boshqa sayyoralarga sayohat qilishni orzu qilardi
Otasining kabinetida topilgan kitoblardan birida kelajakda paydo bo‘ladigan buyuk ixtirolar haqida so‘z borardi. “Maktabdan qaytganimda otamning kabinetiga tutash xonaga kirib, uni qayta-qayta o‘qirdim”, deydi Mask. Ushbu kitobda ion dvigateli bilan ishlaydigan raketa tasvirlangandi, bu dvigatel zarrachalar orqali ishlab, yonilg‘i sarflamasdi.
Bir kuni kechqurun Texasdagi raketa bazasida o‘tirganimda Mask menga bu kitob haqida batafsil gapirib berdi va ion dvigateli qanday qilib vakuumda ishlashini tushuntirdi. “Ushbu kitob menda boshqa sayyoralarga sayohat qilish g‘oyasi tug‘ilishiga sabab bo‘lgan”, deydi u.
Болалигимда ота онамда самолет бор эди
Унинг онаси китобида шунака езган, шунга бу хаммасини узи пулсиз килди диб уйламела
Lekin juda kop muhim narsalar qildi shu odam
Yaqinda Marsgayam hammamiza kochiradi
Geniy shu odam!!!
Juda qiziq, mazza qilib o’qidim
Boy bogandan keyin, hammasi yoshlidan oson boladi
Albatta. Lekin shundayam ancha ishlar qivotti
Klass
Omadini bersin
Yaxshi insonga o’xshaydi
Ajoyib