Amerikalik milliarder Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi faqat ayollardan iborat ekipajni kosmosga uchirdi. New Shepard raketasi 14-aprel kuni Texas shtatidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli start oldi.
Parvoz taxminan 11 daqiqa davom etdi va to‘liq avtomatik tarzda amalga oshirildi. Raketa 105 kilometr balandlikka ko‘tarildi, bu Karman chizig‘i — Yer atmosferasi bilan koinot o‘rtasidagi shartli chegaradan taxminan 5 kilometr balandroqdir.
Ekipaj Bezosning qaylig‘i Loren Sanches, CBS boshlovchisi Geyl King, sobiq NASA raketa muhandisi Aisha Bou, fuqarolik huquqlari faoli Amanda Nguyen, kinoprodyuser Keriann Flinn va pop xonanda Keti Perridan iborat.
Bu New Shepard’ning ekipaj bilan o‘n birinchi suborbital parvoziga aylandi. Blue Origin bunday parvozlarni 2021-yildan buyon tashkil etib kelmoqda.
Kosmosga birinchi va oxirgi faqat ayollar ishtirokidagi parvoz 1963-yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda sovet kosmonavti Valentina Tereshkova “Vostok-6” kemasida kosmosga yolg‘iz uchgan birinchi ayol bo‘lgan.
Men bu jamoa bilan juda faxrlanaman. Buni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Yer juda sokin ko‘rinardi, lekin jonli edi, dedi Bezosning rafiqasi qo‘nishdan so‘ng ko‘zlarida yosh bilan.
Kosmik raqobat
Ayollar parvozi Blue Origin kompaniyasiga jamoatchilik e’tiborini yana jalb qilish uchun xizmat qilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Chunki kosmik turizm sohasida raqobat tobora kuchaymoqda.
Jeff Bezosning asosiy raqibi bu borada — Virgin Galactic kompaniyasi bo‘lib, u ham xuddi shunday suborbital (koinot orbitasigacha yetib bormaydigan) parvozlarni taklif qiladi. Yanvar oyida Blue Origin’ning kuchliroq raketasi — New Glenn o‘zining ilk uchuvchisiz orbitaviy parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Kelajakda Blue Origin kosmik sayyohlarni orbitaga olib chiqib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatlashmoqchi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, tijoriy kosmik parvozlar uchun asosiy kurash aynan Mask va Bezos o‘rtasida bo‘ladi. Hozircha Space X raqobatchisidan sezilarli darajada oldinda: Falcon 9 oilasiga mansub raketalar allaqachon 469 marta uchirilgan. Ulardan farqli o‘laroq, Blue Origin o‘zining New Shepard kemasini atigi 31 marta muvaffaqiyatli uchirdi.
5 minutga chiqishibtiku atigi
Keyin yerga tushib yerni opishlariga balo bomi
Shu amerikalila shou qilishni yaxshi korishadide
Endi osmonga 5 minutga chiqib kelsa bolarkanmi?
Keti Perri otda nima qivotti?
Telkalarini yuvoborganmi?
Bular kosmosga uchyapti, bizlar esa osh qilyapmiz
Endi yer yumaloq ekanligiga hamma ishonsa kerak?
Yoki shundayam ishonmaydiganlar topiladimi?
Pakazuha bopti
Barakalla
Klass
Poh