Manchester universitetining tadqiqotchilari mobil telefonlar tarqatadigan elektromagnit to`lqinlarning sog`liqga zarar etkazishi haqidagi hulosalarni tekshirmoqchi bo`ldilar.
Xozirgi kundagi farazlarga ko`ra bepushtlik, bolalar leykemiyasi, hamda onkologik kasalliklar elektromagnit to`lqinlar orqali paydo bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, elektromagnit to`lqinlarni mobil moslamalar yaratishadi. Aytishlaricha ushbu elektromagnit to`lqinlar inson organizmi uchun muxim bo`lgan oqsillarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada ko`plab shifokorlar o`z bemorlariga kamroq mobil telefonlarni ishlatishni tavsiya qilishadilar.
Tadqiqot markaziga qanday qilib sust magnit to`lqinlar flavoproteinlarga yoki oqsillarga ta`sir o`tkazishi quyildi. Flavoproteinlar(oqsillar) asab tizimini nazorat qilish va DNK to`g`irlanishiga kerak bo`ladigan modda hisoblanadi. Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, sust magnit to`lqinlar ularga hech qanday ta`sir o`tkazmaydi. Ilgari shunday xulosani Britaniya aholisini himoya qilish Agentligi taqdim qilgan edi. Olimlarning ta`kidlashicha, na mobil telefonlar, na Wi-Fi inson sog`lig`iga zarar etkazmaydi.
Biroq dunyoning har xil mamlakatlarida ushbu sohada tadqiqotlar olib borilishi to`htamagan. Chunki mobil telefonlarni o`zoq vaqt ichida ishlatilishi natijasi olimlar uchun haligacha ham sir bo`lib qolmoqda.
Ko`rib turganimizdek, hozirda dunyoda ushbu savol bo`yicha ko`plab bahslar va qarama- qarshiliklar bor. Tadqiqotlar 100% natijani ko`rsatmagan. Biroq bir narsa ma`lumki, bunga isboti ham kerak emas: mobil telefonlar bizni real hayotdan o`zoqlashtiradi! Biz atrofdagi go`zalikga, hamda yaqin bo`lgan insonlarga ahamiyat berishni unutmaylik.