MTS aloqa operatori O`zbekiston bozoriga qaytishi mumkinmi?

MTS aloqa operatori O`zbekiston bozoriga qaytishi mumkinmi?

Rossiyaning MTS uyali aloqa operatoriga egalik qiluvchi AFK «Sistema» direktorlar kengashi raisi Vladimir Evtushenkov «Vedomosti» nashriga bergan interv`yusida hozirda MTS uyali aloqa operatirining O`zbekiston bozoriga qaytishi bo`yicha muzokaralar olib borilayotgani to`g`risidagi xabarni tasdiqladi.

Interv`yu paytida jurnalistning «MTS aloqa operatorining O`zbekistonga qaytishi mumkinmi?» savoliga Evtushenkov buning mumkin ekanligini ta`kidlagan. Rus nashri masalaga oydinlik kiritish maqsadida: «Siz bu mavzudagi muzokaralarda shaxsan ishtirok etyapsizmi?», – deya savol bergan.

«Ha, ishtirok etyapman, ammo hozircha hech qanday yangilik yo`q. O`xshasa – yaxshi, o`xshamasa – buyam yaxshi. Albatta, operatorning O`zbekistonga qaytishi MTS uchun ham, O`zbekiston uchun ham yomon bo`lmasdi…», – deya ta`kidladi Vladimir Evtushenkov.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jago4727

    Bu mish-mishmi yoki, bo’ladigan narsami?

  2. юлдуз

    вой мтс кайтиб келса албатта биз учун ёмон бумиди! чунки билайн ва юселдан чарчадим, хеч бири мтс га ухшаб сифатли алока бермаяпти (((

  3. mizamts

    mts qaytishi yaxshiyu, l-k hech mts oldingiday holatda ishlashiga kafolat beromiydi, chunki davlat ham bekordan bekor bizzi aloqa bozoriga kiriturmidi

  4. mizamts

    mts qaytishi yaxshiyu, l-k hech mts oldingiday holatda ishlashiga kafolat beromiydi, chunki davlat ham bekordan bekor bizzi aloqa bozoriga kiriturmidi

  5. Исмингиз

    у бунака дебди бу бунака дедила купайиб кетди

  6. жалол

    узтелеком форевер :)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social