Mustaqillik bayramiga atalgan salyutni qayerda ko’rish mumkin?

Mustaqillik bayramiga atalgan salyutni qayerda ko’rish mumkin?

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2018-yilning 1-sentyabr kuni soat 21:00 dan 21:16 gacha O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27-yillik bayrami munosabati bilan bayram salyuti amalga oshiriladi. Mazkur bayram salyuti Xalqlar Do’stligi maydonida bo’lib o’tadi va Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi markaziy istirohat bog’larida to’g’ridan-to’g’ri ekranlarda tomosha qilish mumkin bo’ladi.

To’g’ridan-to’g’ri ekranlarda tomosha qilish mumkin bo’lgan markaziy istirohat bog’lari ro’yxati:

  1. Bektemir tumani, “Quyoshcha nuri” istirohat bog’i
  2. Mirobod tumani, “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog’i
  3. M.Ulug’bek tumani, “Mirzo Ulug’bek” nomidagi madaniyat va istirohat bog’i “CENTRAL PARK” (yangi bog’)
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog’ (Eko bog’)
  5. Sergeli tumani, “Green Park” madaniyat va istirohat bog’i (sobiq Sohil bog’i)
  6. Olmazor tumani “Abdulla Qodiriy” nomidagi madaniyat va istirohat bog’i
  7. Uchtepa tumani “Bog’ishamol” madaniyat va istirohat bog’i
  8. Chilonzor tumani, “G’afur G’ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog’i
  9. Shayxontohur tumani “Anhor Lokomativ” istirohat bog’i
  10. Yakkasaroy tumani Bobur bog’i
  11. Yashnobod tumani “Do’stlik” istirohat bog’i
  12. Chilonzor tumani “Xalqlar do’stligi” sana’t saroyi maydonining Bunyodkor shoh ko’chasiga yaqin qismida
  13. Yunusobod tumani “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining old maydoniga, Amir Temur shoh ko’chasi bo’ylab
  14. Chilonzor tumani Milliy bog’ hududiga kirish qismiga, Furqat ko’chasi bo’ylab
  15. Chilonzor tumani Adiblar xiyoboniga kirish qismiga, Bunyodkor shoh ko’chasi bo’ylab.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social