Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi boshqarma boshlig‘i Muhiddin Ibragimov “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, agentlik rahbariyati Maskning Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari bilan hamkorlik qilish maqsadida ularga aloqaga chiqqan va loyiha xodimlarini O‘zbekistonga taklif qilishgan.
“2021-yilning iyun oyida delegatsiya vakillari yurtimizga tashrif buyurdi va mazkur texnologiyani O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha ilk kelishuvga erishdik. Muzokaralar davom etmoqda. Chunki har bir davlatning o‘z qonun-qoidalari mavjud.
Joriy yilning 10–11-may kunlari Toshkentda agentlik tomonidan Markaziy Yevrosiyo mintaqasida ilk bor xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi (STC-2022) bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik konferensiyada SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi delegatsiyasi ham qatnashadi va kelishuvning keyingi bosqichini o‘tkazamiz. Bundan tashqari, bir qator internet sun’iy yo‘ldoshlari vakillari ham ishtirok etadi”, — deydi Muhiddin Ibragimov.
Ta’kidlanishicha, o‘tkazilishi rejalashtirilgan STC-2022 konferensiyasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Monako, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Hindiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston singari ko‘plab mamlakatlardan ham delegatsiya vakillari kelishi kutilmoqda.
oooo tezkor internet! bizadayam unaqa narsala buladimi
nimaaaaa?
ureeeee
yaxshi xabar, raxmat
nima bu uzi?
raxmat!
zur