Narkomaniya

Narkomaniya

Kunlar haftalar o`tayapti. Sen yashayapsan. Lekin hech bir maqsading yo`q. Qiziqish va orzularing, ishonchu umidlaring, go`zal tuyg`ularing ko`nglingni allaqachon tark etgan, o`rnida esa faqat bo`shliq qolgan. Bu juda achinarli hol. Xatto men qayoqqa ketayapman, nima qilayapman, degan birgina savol miyangga kelib urilmaydi. Demak sen be`mano, maqsadsiz yashayapsan. Bu yanada mudhish. To`xta, sen uzoqqa borolmaysan. Ro`parangda xavfu‑xatar, hayoting qil ustida turibdi. Ortga yo`l yo`q, oldga qadam bosishga kuch topolmaysan. Bu qandayin azob? Sen shunday azoblarni o`zingga o`zing ravo ko`rding, to`g`ri emasmi? Esla.

Ekranda fil`m namoyishi. Undagi manzaralarni siz ham ko`z oldingizga keltiring. Sigaret tutuniga to`lgan xona. Mast alast raqsga tushayotgan o`smir yigit‑qizlar. Xilvatxonada bir birining tomiriga dori yuborayotgan bolakaylar. Sal narida dorining xumori tutib, o`zini har yonga urayotgan qiz. Dispanserda muolaja olayotgan giyohvandlarning hammasi yoshlar. Ko`z ostlari, lablari ko`kargan, nigohlari ma`nosiz, hayotdan umidi uzilganday… giyohvandlik oqibatida tili kalimaga kelmayotgan yigitcha. Nomusidan ayrilgan qiz. Bulardan‑da ayanchliroq manzaralar, tasvirlar bormikan? Yoki e`tiboringizga boshqa bir holatni havola etsak. Yosh er‑xotin olti yashar o`g`lini psixiatr qabuliga olib kelishdi. Ularning aytishicha, bola o`ta asabiy, qo`pol. Uyda eshikni tepib ochadi. Gap so`rasa shiftga qaraydi. So`ng erga tupuradiyu indamasdan ko`chaga chiqib ketadi.

2

Mahalladagi kichkintoylarni urib, burnini qonatadi, yo`lida mushuk uchrasa bo`ynidan ushlab uloqtiradi. Kuchuk bolasini suvga pishadi. Shifokor hammasini tushundi. Bu bola dunyoga kelmasidan ilgariroq kelin‑kuyov giyohvand modda iste`mol qila boshlashgan. Ma`lumki, ona nima bilan oziqlansa homilaga ham shu narsa etib boradi. Chaqaloq tug`ilgach ona qornidayoq o`rgangan emasmi, giyohvand moddaning xumori tutadi. Go`dakning tili yo`q, faqat chinqirib yig`laydi. Xumori bosilmagach, ruhiyatiga shikast etadi. Bora‑bora bola qo`rs bo`lib o`sadi. Qanchalar daxshat bu. Giyohvand ona faqat o`zining emas, balki zurriyoti taqdirini ham xavf ostida qoldirgan. Bu xavf vaqt o`tgani sayin ulg`ayib boraveradi. Va bir kun kelib kimningdir hayotiga, qaysidir oilaning  taqdiriga, nasllarning  kelajagiga tahdid soladi. Bu xavf qay tarzda paydo bo`ldi? Nahot payqamadik? Yo payqasakda, indamadik…

Turli sharoitlarga ko`ra, qizlar, ayollar ham giyohvandlikka jalb etila boshlandi. Ular orasida boshiga tashvish tushgan, ruhiy iztirobdan qiynalayotgan yoki hayotda yo`lini yo`qotganda o`z dardlarini sal “unutish” uchungina geroinni bir marta hidlab, tatib ko`rib, so`ng unga qattiq bog`lanib qolganlari ko`p uchraydi. Ma`lumki ayol xuddi atirgul misoli. Shunday ekan, giyohvandlik illati shu gulga dog` emasmi? Bu haqida o`ylab ko`ring va fikringizni bildiring.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social