«Shomurodov hammasini noto‘g‘ri bajardi» – Mourino «Yuve» bilan o‘yindan so‘ng Eldorni ham tanqid qildi

«Shomurodov hammasini noto‘g‘ri bajardi» – Mourino «Yuve» bilan o‘yindan so‘ng Eldorni ham tanqid qildi

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 21-turidan o‘rin olgan «Yuventus» (3:4) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 

«70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Bahsni nazorat qilish uchun xarakter ko‘rsatdi.

Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik yuz berdi. «Yuve»ning ikkinchi goli bizni taslim qildi. Feliks Afenya-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi va Kuadrado bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat oldi. Uni almashtirdim, lekin o‘rniga tushgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi.

Kuchli xarakterga ega raqibga hisobni 2:3 qilish imkonini berdik. Qo‘rquv paydo bo‘ldi. Menga bunday hisob muammo emas, ammo jamoa uchun muammoga aylandi.

Qiyin vaziyatlarda xarakter ko‘rsatish kerak, ammo bizning kiyinish xonamizda juda yumshoq va zaif odamlar bor.

Agar o‘yin 70-daqiqada yakunlansa, hammasi ajoyib bo‘lishini futbolchilarga aytdim. Afsuski, bahs buncha davom etmaydi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov bellashuvning 71-daqiqasida — jamoasi 3:2 hisobida oldinda borayotganida zaxiradan maydonga tushdi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jama

    mourinyoni haydaw kere, 4olni savsem kallasi ketib qopti

  2. Erkin

    Eldor 4i4ib quyvottiku, 2mami gol urdi uzi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social