O’zbekistonliklar Navro’z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, Navro’z bayrami arafasida yurtdoshlarimiz 18, 19, 20, 21, 22 mart kunlari dam oladi.
Prezidentning mazkur farmoni bilan qo’shimcha dam olish kunlari berilgan va ba’zi dam olish kunlari ko’chirilgan edi. Ya’ni, 20 mart qo’shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17 mart (shanba) 19 mart (dushanba)ga, 24 mart (shanba) 22 mart (payshanba)ga ko’chirilgan edi.
Nima?? 5 kun dam olish….???
Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to’liq dam olishi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
Shunga muvofiq yurtdoshlarimiz 8 Mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.
Shunday ekan, dam olish va bayram kunlari unumli va muvaffaqiyatli o’tishini tilab qolamiz!!!!
Manba: UzA