Nima uchun samolyotlarda yo’lovchilarga parashyut berishmaydi?

Nima uchun samolyotlarda yo’lovchilarga parashyut berishmaydi?

Samolyotga chiqqaningizda yoki aviahalokat haqida eshitganingizda o’zingizga quyidagi savolni bergan bo’lsangiz kerak: Nima uchun hech qanday samolyotda yo’lovchilarga parashyut berilmaydi?

Ushbu vaziyatda parashyutlar bir necha omillar bo’yicha kerak emas:

Birinchidan, yo’lovchi samolyotlar juda mustahkam; ikkinchidan, eng ko’p halokat parvozdga ko’tarilishda yoki qo’nishda sodir bo’ladi. Shunday holatlarda balandlik minimal darajada bo’lib, parashyut ochilishiga ulgurmaydi.

Hatto, 10-11 ming balandlikda parashyut hech kimni saqlay olmaydi. Chunki samolyot tashqarisida -40 daraja sovuq bo’ladi va umuman kislorod ham bo’lmaydi. Bunday sharoitda parashyutda inson yerga tirik yetib bormasligi aniq. Samolyot taxminan 800-900 km/ch tezlikda uchadi, bu tezlik holatda samolyotdan chiqishi – bu homxayoldir. Odamni parashyuti bilan birga havo oqimi yirtib tashlaydi.

Bundan tashqari yo’lovchilarga parashyut berish ham xavflidir. Tasavvur qiling, turbulentnost boshlanganda nima sodir bo’lishi mumkin. Eng tasirlanuvchi yo’lovchilar parashyutlarni qo’liga olib va eshikni ochishga shoshiladi. Bu esa sarosimaga olib keladi.

Shuningdek samolyotda qari insonlar, bolalar, kasallar uchishi mumkin. Ular nima qilishlari kerak? Agarda siz o’zingiz bilan qo’l yukiga parashyut olsangiz ularni qo’rqitib qo’yishingiz mumkin. Shuning uchun havotir olmang va yaxshi niyat qiling! Samolyotda halokatga uchrash 1:14 000 000 nisbatga to’g’ri keladi, avtomobil halokatida esa 1:5600. Farqini ko’rib o’zingiz qaror qabul qiling. Boshqa so’zlar bilan aytganda, samolyotdan ko’ra, avtomobillar ko’proq halokatga uchraydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social