N`yu-yorkda kattalar uchun bog`cha ochildi

N`yu-yorkda kattalar uchun bog`cha ochildi

Yaqinda N`yu-yorkning Bruklin rayonida o`zgacha bog`cha ochildi. Unga kichkina bolalar emas, balki katta bo`lgan va jiddiy odamlar borishmoqda.

style=”text-align: justify;”>O`zgacha bog`cha asoschisining aytishicha, insonlar oz bo`lsa ham o`z ichidagi bolalikni chiqarish uchun kelishadi. Kimdir hayotga jiddiy qarashni xohlamaydi, kimdir yanada dadil bo`lmoqchi bo`ladi. Kimdir shunchaki qiziqarli vaqt o`tkazish uchun kelada.

Hozircha guruhda olti kishi, ularning orasida huquqshunos, dasturchi va yozuvchi ham bor. Darslar haftada bir marotaba o`tkaziladi, shu vaqtda “bolalar” o`ynashadi, rasm chizishadi, plastilindan narsalar yasashadi, qo`llanmalarni bajarishadi, ba`zida ekskursiyaga ham borishadi. “Bog`chada” an`anaviy tushlik va sokin vaqt ham mavjud, hamda ota-ona majlislar ham bo`lib, unga “bolalar” o`zlarining ikki tanishlarini olib kelishlari kerak bo`ladi.

Aytib o`tish joizki, “bog`cha” arzon turmaydi. Tarbiyalanuvchilarning moliyaviy imkoniyatlariga ko`ra ularga 333 dollardan 999 dollargacha bo`lgan miqdorda to`lashlari kerak bo`ladi.

Manba: Vesti.ru

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qiziq qiziq bu yerga qaysi odam boradi ekan

  2. alhamdulillah_13

    man boganimda jonim bn borardim narxini umuman qizigi yug smile yes

  3. Ooo unda birga boramizmi órto ketdik ha men kop lament yozaman ekanu keyim eslolmas ekanmam xaxaxa keyin kament oqib yozganim esimga tushadi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social