Odamlarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qiluvchi maxsus kiyim (+video)

Odamlarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qiluvchi maxsus kiyim (+video)

Bugungi kunda virtual hayot qanday qilib bizning xayotimizni boshqarishiga ko`plab guvoh bo`lyapmiz. Hattoki virtual xayot va ijtimoiy tarmoqlarga qarshi ko`plab video lavhalar suratga olingan. Ammo shunga qaramay, bunday video lavhalar ham katta yordam bermayapdi. Endilikda ixtirochi va dizayneralar virtual hayotga qarshi yangi uslubni o`ylab chiqdilar.

Doimiy telefonlar bilan foydalanish, kirish qo`ng`iroqlaridan va keraksiz habarlardan charchagan insonlar bo`lsa, bu muammoni echish uchun juda qulay yo`l topildi. Xattoki bu yo`l gadjetni, akkauntlarni o`chirib tashlash va boshqa choralarni ham talab qilinmaydi.
Yaponiyalik dizayner Kunixiko Morinaga chaqich ishlab chiqaruvchi Trident kompaniyasi, xamda PARTY va AID-DCC kompaniyalar hamkorligida, Focus Life Gear nomli yangi kiyim kollektsiyani ishlab chiqardilar.

Ushbu kiyim foydalanuvchini doimiy mobil telefonini ishlatishdan ozod qildi. Focus Life Gear kiyimi maxsus matodan qilingan, ushbu mato elektromagnit to`lqinlarni qaytarish qobiliyatiga egadir.

Garchi internet va smartfonlarni ixtiro qilinishi xamma narsani qulay qilsa xam, biz bu virtual dunyoda real insonlardan ko`ra ko`proq vaqt o`tkazamiz. Shuning uchun bizlarda yangi kiyim kollektsiyani yaratish g`oyasi keldi, biz o`ylaymizki bu narsalar bizni chalg`itmaydi va real hayotda diqqatimizni jamlashga yordam beradi – deydi Kunixiko Morinaga.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Abdusalom Shaxobidinov

    kiss
    cool unknw

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social