Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

Niderlandiyaning uch nafar olimi koinot tugashiga qancha vaqt qolganini hisoblab chiqdi. Ular bu jarayon ilgari o‘ylanganidan ancha tez kechayotganini aytdi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, koinotdagi so‘nggi yulduz qoldiqlarining butunlay yo‘q bo‘lib ketishi uchun 10⁷⁸ yil kerak bo‘ladi. Avvalgi tadqiqotlar esa bunga 101100 yil ketishini ta’kidlagandi.

Qora tuynuklar bo‘yicha mutaxassis Xeyno Falke, kvant fizigi Mixael Vondrak va matematik Valter van Suylek shunday prognoz bergan. Ularning tadqiqoti 2023-yilda chop etilgan maqolaning davomi hisoblanadi.

Jamoa o‘zining birinchi maqolasida nafaqat qora tuynuklar, balki neytron yulduzlar kabi boshqa kosmik jismlar ham Xoking nurlanishi natijasida “bug‘lanishi” mumkinligini aytgandi. Shundan so‘ng ilmiy jamoatchilikda ko‘plab savollar paydo bo‘lgan. Olimlar bu savollarga ikkinchi maqolasida javob bermoqda.

Koinot tugashi

Agar Xoking nurlanishi hisob-kitoblarga qo‘shilsa, koinotning oxiri taxminan 10⁷⁸ yildan keyin kuzatiladi. Oq mitti yulduzlar parchalanishi uchun aynan shu vaqtni talab qiladi. Oldingi tadqiqotlarda bunday nurlanish hisobga olinmagani sababli oq mitti yulduzlar umri taxminan 101100 yil atrofida deb belgilangan edi.

Koinotning yakuniy intihosi kutilganidan ancha oldin yuz beradi. Ammo baxtimizga, bu hali uzoq vaqt davom etadi, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Xayno Falke.

Tadqiqotga Xoking nurlanishini qayta ko‘rib chiqish asos bo‘ldi. 1975-yildayoq britaniyalik fizik Stiven Xoking nisbiylik nazariyasiga qaramay, zarralar va nurlanish qora tuynukdan chiqishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Qora tuynukning chegarasida ikkita vaqtinchalik zarracha paydo bo‘lishi mumkin va ular birlashishdan oldin bir zarracha qora tuynukka tortiladi, ikkinchisi esa tashqariga chiqadi.

Oqibatda qora tuynuk asta-sekin zarrachalarga va nurlanishga parchalanadi. Bu g‘oya Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga zid, chunki unga ko‘ra qora tuynuklar faqat kattalashishi mumkin, ammo kichrayishi mumkin emas.

Neytron yulduzlar 

Tadqiqot mualliflari fikricha, Xoking nurlanish jarayonini nazariy jihatdan kuchli gravitatsion maydonga ega bo‘lgan boshqa obyektlarga ham qo‘llash mumkin. Bunday obyektlarning bug‘lanish tezligi uning zichligiga bog‘liq.

Neytron yulduzlar va qora tuynuklarning parchalanishi uchun bir xil vaqt: 1067 yil kerak bo‘ladi. Bunday natijalar kutilmagan hisoblanadi. Chunki qora tuynuklar katta tortishish maydoniga ega bo‘lib, bu bug‘lanish jarayonini tezlashtirishi kerak edi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jamshid

    A ungacha evara chevaralarimizam olib bolishadi

  2. Jamshid

    Siqilmasa boladi laugh

  3. Jamshid

    A tak qiziq malumot

  4. Hm… kopakan vaqtimiz hali

  5. Shoxjahon

    Mayli, nima ham derdim

  6. Shoxjahon

    Hammasi Ollohni qolida

  7. Shoxjahon

    Bizning qolimizdan hech nima kelmaydi

  8. Chumoli

    Hammasi yaxshi boladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social