Bu o’yin Indoneziya yoshlari o’rasida juda mashhur hisoblanadi. Bu xavfli o’yin, ayniqsa qorong’uda juda ta’sirli ko’rinadi. O’yinlar kechqurun bo’lib o’tadi va katta auditoriyani to’playdi.
O’yindan avval, futbolchilar olovli futbol o’yini maxsus marosimidan o’tishadi va kechqurun tomoshabinlar bilan o’ralgan holda olovli to’pni o’ynashadi.
Indoneziyada ko’p islomiy maktab-internatlar bunday futbolni o’ynashadi. Bu o’yin Pencak-Silat bilan bog’liq, an’anaviy Indoneziya jang san’ati shaklidir.
To’p kokos yong’og’idan yasalgan va u kerosin bilan singdiriladi. Kokos yong’oqni yondirishadi va u bilan futbol o’ynashadi. O’yin deyarli “to’p” butunlay yonib ketmaguncha o’ynaladi.