OpenAI kompaniyasi matn bilan berilgan topshiriqdan realistik video yaratib beruvchi Sora neyrotarmog‘ini ishga tushirganini e‘lon qildi.
Sora bir nechta belgilar, muayyan harakat turlari, mavzu va fonning aniq tafsilotlari bilan murakkab sahnalarni yarata oladi. Model nafaqat foydalanuvchi so‘rovda nimani so‘raganini, balki bu narsalar real dunyoda qandayligini ham biladi.
“Biz sun’iy intellektni harakatdagi jismoniy dunyoni tushunish va taqlid qilishni o‘rgatmoqdamiz, buning maqsadi odamlarga real dunyo o‘zaro ta’sirini talab qiladigan muammolarni hal qilishga yordam beradigan modellarni o‘rgatishdir”, deyiladi OpenAI xabarida.
Sora tilni chuqur tushunadi, bu unga ko‘rsatmalarni to‘g‘ri talqin qilish va his-tuyg‘ularni ifodalovchi video yaratish imkonini beradi. Platforma, shuningdek, bitta yaratilgan videoda belgilar va vizual uslubni aniq saqlaydigan bir nechta kadrlarni yaratishi mumkin.
Sora yordamida tayyorlangan videolar quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.
OpenAI’ga ko‘ra, bu neyrotarmoq hozircha yetarlicha kamchiliklarga ega, unga o‘zgarishlar qo‘shilmoqda, ko‘p narsani o‘rganmoqda. Shu sababli Sora hozircha foydalanuvchilar uchun ochiq emas, test rejimida ishlamoqda.
Выглядит очень круто
Bu oddiy matndan qilingan videolami?? Qoyil!
Juda zo’r chiqibti. Qoyilman.
Rahmat, test qilib ko’raman
Kelajak ham keldi
Ничего себе
klass
Vaawe zoorku
Tezro ochilsa edi, reelsla qilardim
Rahmat
Ishlatsa bo’ladimi uje?
Йук хали, хамма учун очилмаган
Prikolniy
Zo’r qilarkan