Biz ovqatlanishimizni va nima ichishimizni bilish uchun gadjetlar juda mashxur bo`lgan. Albatta, ularning barchasini ham foydali deb bo`lmaydi. Biroq ushbu moslamalar hayotning qaysidir qismida bizga kerakli bo`lishi mumkin.
Xitoyning yirik qidiruv kompaniyasi “Baidu” nafaqat internet bilan shug`ullanadi, balki ular Elektronikani ham yaxshi ko`rishadi. Yaqinda kompaniya “Kuaisou” deb nomlangin ovqatlanish uchun “aqlli” tayoqchalarni ko`rsatdi.
Ularning asosiy vazifasi foydalanuvchiga ovqat tayyorlash uchun ishlatilgan yog` sifati haqida ma`lumot berishdir. Xitoyda oziq-ovqatlarning xavfsizligi juda past hisoblanadi. Gohida ovqatda chiqindilar bo`lishi mumkin: ularni minimal qayta ishlatishdan o`tkazishadi va yana ishga tushirishadi.
“Kuaisou” salbiy holatlarni oldini olishga imkoniyat beradi. Gadjetga o`rnatilgan sensorlar o`nlab zaharlarni aniqlashi mumkin. Xavfni bor yoki yo`qligini bilish uchun svetodiod signal orqali bilsa bo`ladi.
Bundan tashqari tayoqchalar kaloriylarni sanashadi, haroratni o`lchashadi va pH darajani ham o`lchashadi. Ma`lumotlar sinxronlash orqali maxsus ilovaga jo`natiladi.
Afsus, hozircha Baidu ularni sotishga qaror qilmagan. Bu namuna bo`lishi mumkin. Mazkur moslama hozircha yirik ishlab chiqarishga tayyor emas va uning ustidan ishlar olib borilmoqda.
mana bu haqiqattan ham foydali ixtiro, sababi xitoyni ovqatlariga haqiqattan ham ishonch yuq
ovqatlarini nimadan tayyorlanganini aniqlab berolsa vobwe zo’r bo’lardi
xa xa xa ish qilib ular shu bilan uzbek oshni emasalar boldi bumasam yog’ zararini qo’rsa keyin eyishomidi ))))
xa 100% zararli qilib ko’rsatsa kere)))