CS:GO, DOTA2, FIFA: O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘mlik kibersport chempionati bo‘lib o‘tadi

CS:GO, DOTA2, FIFA: O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘mlik kibersport chempionati bo‘lib o‘tadi

3-apreldan kibersport bo‘yicha O‘zbekistonning sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil qiluvchi yirik turniriga ro‘yxatga olish boshlanadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kibersportchilarning kibersport yo‘nalishi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va takomillashtirishiga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishni keng ommalashtirish va sportchilarni yagona tizimga birlashtirishdan iborat.

Musobaqa “Cybergame.uz” platformasida CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFootball kabi sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Turnir quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. Har bir hududda tuman (shahar) onlayn kvalifikatsiyalari;
  2. Yarimfinal kompyuter klubida oflayn formatda;
  3. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Oflayn formatdagi grand final.

Turnirda 16 yoshga to‘lgan va OneID tizimi orqali “Cybergame.uz” portalida ro‘yxatdan o‘tgan hamda respublika fuqarosi bo‘lgan har bir o‘yinchi ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatga olish 3-apreldan boshlanib 10-aprelgacha davom etadi.  Saralashning keyingi bosqichlari haqida ko’proq ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

Turnir O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, shuningdek, IT-Park direksiyasi va O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Фифада катнашаман

  2. Omad hammaga kiss

  3. Wow

  4. Diyorjon

    Kompla uynidiganla haliyam bomi

  5. Assalom alaykum barchaga omad your bolsin

  6. Yutgan hammasini obketadimi?

  7. avval yutib koting key in bilsa boladi hammaaini olasizmi yoki bir qisminimi

  8. Mayli wacko

  9. Assalom alaykum uzr xafa qilgan bolasam chunki nima bolishi malum emasku

  10. Fazo.tv

    10 apreldan keyin ma’lum bo’ladi. Barcha ishtirokchilar ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng.

  11. Raxmat Fazo.tv

  12. omad qatnashuvchilarga olohim ozi qolasin insholoh galaba siz uchun boladi olohim barchani orzusini amalga oshirsin

  13. Juda iwonuv4anakansiz, turimi?

  14. salllgina judamasu

  15. Nomoz uqismi?

  16. Assalom alaykum hozircha bit mahal yaxshilab organsam insholoh besh mahalga otaman

  17. Ha yaxwi, omadizzi bersin smile

  18. rahmat sizga xam omad yor bolsin

  19. Sarvarbek

    Qatnawib kuraman a tak

  20. Assalom alaykum hammaga omad qatnashuvchilarga

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social