Kuni kecha 18-otyabr` kuni O`zbekistonlik oshpaz Hakim G`aniev juda katta salmog`li lag`mon tayyorlab Ginnes rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur rekordi amalga oshirish uchun, oshpaz 1,5 tsentner go`sht va sabzavot mahsulotlarini ishlatgan. Hamda u bir kilometrdan ortiq hamirni ham tayyorlagan. UZ24 ning habar berishicha, mazkur rekord Belorusiyaning Minsk shahridagi kafelardan birida bo`lib o`tgan.
Tayyor bo`lgan lag`mon 351.1 kilogrammni tashkil etgan. O`tgan yilning kuzida ham Hakim G`aniev yarim tonna norin tayyorlab Ginnes rekordlar kitobiga kirgan edi.
qoyil!!!!!