Dunyo ikkita toyifaga, Coca-Cola va Pepsi sevuvchilarga bo’linadi. Shunday qilib, Pepsi tarafdoshlari Pepsi ichimligi rohat olib keladi deb aytsalar, Coca-Cola esa ko’proq noyob shirin ta’mga ega deb aytishadi.
Umuman olganda bu yerda barcha nohaq bo’lib chiqishi mumkin. Faqatgina “Malkolm Gladwell” ushbu ichimliklarning to’g’ri farqiga bordi. U 2005-yilda “Titroq” kitobini yozgan bo’lib, bu kitobda ichimliklar o’rtasidagi farqni tushuntirdi. Diqqat qiling!
“Pepsi sitrus muattariga boy, Coca-Cola – esa vanillaga boy”
Buni qanday qilib tekshirish mumkin? Etiketkalarga qarang. Pepsi tarkibida limon kislota bor va Coca-Colada esa yo’q! Qolganlari esa bir xil moddalardir.
Pepsi: Gazli suv, yuqori fruktozali don siropi, rang beruvchi modda, shakar, fosfor kislotasi, kofein, limon kislotasi, tabiiy xushbo’ylar!
Coca-Cola: Gazli suv, yuqori fruktozali don siropi, rang beruvchi modda, shakar, fosfor kislotasi, kofein, tabiiy xushbo’ylar!
Bizningcha ushbu tushuntirish ikki urishayotgan ichimlik sevuvchilarni yarashtirish imkoniyatiga ega emas! Biroq sog’liqni saqlang – oddiy suv ancha foydalidir!