Chet elda o’qishning 7 sababi

Chet elda o’qishning 7 sababi

Chet elda o’qishning salbiy va ijobiy taraflari mavjud. Chet elda siz faqatgina o’zingizga tayanib yurasiz, bu narsa esa sizda mustaqil hayotni uyg’otadi. Bundan tashqari, siz ko’p yangi narsani o’rganishingiz mumkin ya’ni yangi kasb, bilim va yangi muhit haqida o’rganasiz.

1. Mustaqillik. O’ylashimizcha, hammamiz erta tongdan onajonimizning nonushtasini yoqtiramiz. Ammo chetda bunday bo’lmaydi, lekin siz mustaqil hayotga katta qadam tashlaysiz. Agarda ota-onangiz uzoqda bo’lsalar, shunda siz faqat o’zingizga tayanib yurasiz. Shu bilan birga siz butunlay mustaqillikga o’rganasiz, kir yuvish poroshok tanlashdan, to darslardan keyin ish tanlashgacha o’rganasiz.

2. Yangi madaniyat. Shaharingizning chegarasidan o’ting va siz boshqa joylarda hayot boshqacharoq ekanligini ko’rasiz. Qancha uzoqqa ketsangiz, shuncha kuchli o’zgarishlarni ko’rasiz.

Yangi ta’surotlarga ega bo’lasiz va bu xotirangizda qoladi. Qancha ko’p boshqacha fikrlaydigan insonlar bilan muloqat qilsangiz, shuncha tez yangi insonlar bilan aloqa qila olasiz.

3. Yangi kasb. Siz hattoki boshqa mamlakatlarda kim bo’lib ishlasangiz bo’lishi haqida tasavvur ham qilolmaysiz. Agarda siz materik o’rtasida tug’ilgan bo’lsangiz, demak siz dengiz kasbi haqida hech nima bilmaysiz. Yoki agarda siz shimoliy tarafda o’sgan bo’lsangiz, shunda siz qishloq xo’jaligi haqida kam ma’lumotga ega bo’lasiz. Kim biladi, balki siz nima bilan shug’ulanishni bilmasangiz, demak siz hozircha orzuyingizdagi ishni topmagandirsiz?

4. Sayohat. Har bir ko’chish – bu sayohatdir. Yangi joyda sizni ko’plab yangi narsalar kutadi. Shahar atrofida doimo diqqatga sazovor joylar bor. Talabalar doim izlanishni yaxshi ko’rishadi, shuning uchun mahalliy kursdoshlaringizdan albatta shunaqa joylar haqida so’rang. Sayohat qilish va qo’chib yurish – juda foydali malaka bo’ladi, bu sizda foydaliroq ish izlshga yordam beradi.

5. Yaqinlaringizga bo’lgan sevgi. Ko’pchilik kimdir seni yaxshi ko’rishi va kutishi qanchalik muhim ekanligini tushunishmaydi. Lekin o’z ona-yurtingizda kimdir sizni kutadi va qadrlaydi.

Siz uzoq masofada kimni sog’inasiz va nima uchun yaqinlaringizni yaxshi ko’rishingizni tushunishni boshlaysiz. Shunday vaziyatlar siz uchun befarq bo’lmagan insonlarni qadrlashga o’rgatadi.

6. Tanish-bilish. Har bir muttaxasis qanchalik kasbdoshlar bilan aloqada bo’lishning muhimligi haqida ta’kidlashadi. Tanish-bilishlar bilan qaysidir ishni hal qilishingiz mumkin. Agarda siz universitetdan ketsangiz, sizning tanishlaringiz ko’payadi va kelajakda yordam berishi mumkin.

7. O’qish narxi. Kimdir sizga boshqa davlatlarda o’qish qimmat deb aytishi mumkin. Shunday ekan siz albatta hammasini hisoblab chiqing. Universitetlarning narxlarini solishtiring. Eng muhimi ko’pgina universitetlar bepul o’qish huquqini ham beradi, biroq buning uchun aqlni charxlash kerak. Shunday ekan, olg’a – yangi cho’qilarni zabt eting!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social