Har kuni yo’llarda kimdir o’z avtotransportida halokatga uchraydi, kimdir jarohat oladi, ba’zi bir hollarda esa o’limgacha ham borishi mumkin. Qachonki biz yo’llarda bir-birimizni hurmat qilsak va oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qilib yursak, albatta buning barchasi sodir bo’lmasligi ham mumkin.
Piyodalar o’tish joyi! Ko’plab hodisalar unda sodir bo’ladi! Urishlar, baqirishlar, signal chalishlar, hurmat ko’rsatilishi, ba’zida mo’jizalar va xaydovchilarning reaksiya tezligi. Bu yo’lning eng xavfli qismlaridan biri hisoblanadi, u doim bizlarni ikkita urushayotgan taraflarga ya’ni haydovchilar va piyodalarga ajratib qo’yadi.
Piyodalar o’tish joyidan o’tayotib avtomashinalar sizga yo’l berayotganiga amin bo’ling. Transport vositasini bir zumda to’xtatish qiyin, hattoki u yo’l qoyidasi bo’yicha 60 km soatiga harakatlanayotgan bo’lsa ham. Piyodalar yo’lakchasi oldida to’satdan to’xtash juda qiyin.
To’satdan yo’lga chiqqan piyoda o’zining hayotiga va haydovchi hayotiga ham katta xavf olib kelishi mumkin. Sababi haydovchi vaziyatni ko’rib, oyog’ini tormoz pedaliga bosishi uchun 8 metr ketadi. Tormoz pedalini bosganidan keyin quruq asfaltda avtomashina to’xtashi uchun yana 6 metr ketadi. Umumiy hisoblaganda tormoz pedali bosilganidan keyin avtomashinaning to’xtashi uchun 14 metr ketar ekan.
Esta tuting: “Piyoda doim haq bo’ladi, agarda tirik bo’lsa!”. Haydovchiga nomard ekanligini tushuntirishga harakat qilmang. To’satdan yo’lga chiqishingiz hech kimga imkoniyat qoldirmaydi. Shunchaki sekin piyoda yo’lakchasiga oyoq qo’ying, haydovchiga yo’ldan o’tmoqchi ekanligizni ko’rsating va u albatta Sizga o’tish imkonini berish uchun to’xtaydi.
Yana bir muxim narsa: agarda piyoda yo’lida o’tayotganingizda signal chalsalar, bu har doim ham “Tezroq bo’l, men shoshilyapman!” degani emas. Sababi sizni o’tkazib yuborayotgan haydovchi o’zining orqa oynasi orqali Siz ko’rmagan narsani ko’rishi mumkin. Masalan, yonida katta tezlik bilan kelayotgan boshqa mashina haqida ogohlantirishi mumkin.
Yana bir bor eslatamiz: “Bir biringizni hurmat qiling va oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qiling!”