Piyodalarga smartfondan foydalanganliklari uchun jarima?!

Piyodalarga smartfondan foydalanganliklari uchun jarima?!

Ko`plab smartfon va mobil telefon egalari shunchalik o`zining apparatlariga bog`lanib qoladilarki, xattoki yon atrofida nimalar sodir bo`layotganiga ham ahamiyat berishmaydilar. Bor e`tiborlarini smartfon ekraniga qaratgan fodalanuvchilar har xil xodisilarni ruy berishga sababchi bo`lib qolishadi va ko`p hollarda yo`l harakati hodisalari sababchilari bo`lishadi. Bu muammo bilan tayvan qonun himoyachilari shug`ulanishmoqchi.

yo`l harakati ko`ngilsizliklarining oldini olish maqsadida Tayvanlik qonunchilar yo`lni kesib o`tish vaqtida uyali telefondan foydalangan piyodalarni jarimaga tortishmoqchi. Xabarlarga qaraganda jarima miqdori 10 AQSh dollariga teng bo`lishi mumkin. Kiritiladigan jarima smartfon va telefon foydalanuvchilarni ko`chalarda ko`proq e`tiborli bo`lishga chorlaydi.

Aytish lozimki, hozir Tayvanda mobil internet foydalanuvchilarining soni 14 mln etgan. Ular ko`plari o`zlarining hayotini internet ijtimoiy tarmoqlaridagi suhbatlarsiz tasavvur qilisholmaydi. Bu kabi internet foydalanuvchilari shahar ko`chalarida haqiqiy xavfni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan Tayvanda mart oyi ohirida taksist yo`lni kesib o`tayogan vaqtda smartfonidan foydalangan yosh ayolni urib yuborgan. Afsuski yosh ayol olgan og`ir jarohatlaridan keyin olamdan ko`z yumgan.

Siz yo`lda harakatlanganingizda smartfondan foydalanisizmi? Ko`pchilik – ha! deb javob berishi aniq. Ammo siz buning oqibatlarini haqida xech o`ylaganmisiz? O`ylab ko`ring, Sizga Feysbuk yoki odnoklassnikidagi joyingizni saqlashmi muhimmi, yoki hayotingizni saqlashmi? Aziz do`stlar o`zlaringizni saqlang!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. bemani, kuchada endi smartfon bilan foydalansa bumidimi? uzoqqa bormidi bu qonun

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social