Pochtangiz ma’lumotlar bazasida bo’lsa, parolingizni o’zgartirishni maslahat beramiz

Pochtangiz ma’lumotlar bazasida bo’lsa, parolingizni o’zgartirishni maslahat beramiz

Microsoft mintaqaviy direktori Troy Hunt ning ma’lum qilishicha, tarmoqqa 773 million elektron pochta manzili va 22 million parollar chiqib ketgan. Mazkur ma’lumotlar minglab turli manbalardan 2008 yildan beri to’planib kelgan.

Troy, bu foydalanuvchilarning ko’pgina pochtalarga bir xil parolni o’rnatishlari mumkinligini aytadi. Bundan tashqari, ko’plab parollar zaif xeshlar yordamida shifrlangan.

Sizning elektron pochtangiz buzilganligini tekshirish uchun Troy veb-saytida o’z manzilingizni kiriting. Agar u ma’lumotlar bazasida bo’lsa, darhol parolni o’zgartirishni maslahat beramiz.

Avvalroq, huddi shunday voqea Yahoo bilan sodir bo’lgan edi. Hakerlar xizmatdan uch milliard foydalanuvchi ma’lumotlarini o’g’irlab ketishgan. Biroq, ular hali tarmoqda paydo bo’lmagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social