Kanadalik ishlab chiqaruvchilar “Kelajakga qaytib-2” filmi muhlislarining orzusini ro`yobga chiqarish maqsadida avtomatik tarzda bog`ichlarni bog`laydigan sport oyoq kiyimini (krossovka) yaratish uchun mablag` yig`ishni boshladi. Mazkur oyoq kiyim inson vazmi ostida o`z bog`ichini bog`laydi, buni tovonda joylashgan bosim o`lchagich aniqlaydi va bog`lash kuchi esa krossovkaning “til” qismida joylashgan qulf orqali bajariladi.
Powerlace yaratuvchilaridan biri Frederik Labbe ning aytishicha “u hech qachon bog`ichni bog`lashni yaxshi ko`rmagan”. Ikki yil mobaynida tadbirkor o`zining sherigi bilan hozirgi mavjud bo`lgan maxsulotni bir necha marta avtobog`lash bilan o`zgartirganlar, ammo natijada o`zlarining modelini yaratishga qaror qilishdi. “Biz uchun eng asosiysi oddiy va qulay tizimni yaratishni xohladik. Biz batareya, energiya yoki boshqa kerak bo`lmagan narsalarni ishlatmaslikka qaror qildik” – deb aytib o`tdi Labbe.
Oyoq kiyimni har qanday ob-havo sharoitida kiysa bo`ladi, yomg`ir va qorda ham, akkumulyator va prujinalarning yo`qligi esa ularni juda engil qiladi.
Bugungi kunda ishlab chiqarishni boshlash uchun kerak bo`lgan 650 ming kanada dollaridan faqatgina 35 mingni eg`ishdilar. Oldindan buyurtma qilish uchun krossovkaning narhi $175. Agarda Kickstarter saytida kompaniya muvaffaqiyatga erishsa, Powerlace sotuvga 2015 yilning may oyida chiqishi mumkin, keyinroq esa ayollar va bolalar ham uchun oyoq qiyimlar yaratiladi.