Qanday hollarda bir piyola choy saratonni keltirib chiqaradi?

Qanday hollarda bir piyola choy saratonni keltirib chiqaradi?

Bir piyola xushta’m choysiz deyarli kunimiz o‘tmaydi. Biz choy barglarini qaynoq suvga solganimizda darhol yoqimli va issiqqina choy ichish uchun tayyor bo‘ladi. Biroq qaynoq choyni darhol ichish qanchalik to‘g‘ri? Bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Choy foydali ichimliklardan biri hisoblansa-da, uni noto‘g‘ri iste’mol qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda Amerika saraton kasalliklari jamiyati (Amerian Cancer Society)ning yetakchi tadqiqotchilaridan biri, doktor Farhod Islomiy fikriga tayanib “Sports.kz” xabar berdi.

Mutaxassislarning aytishicha, 60 gradusdan yuqori haroratdagi issiq choy ichish saratonning ayrim turlari rivojlanishini ikki baravar oshirishi mumkin. Bundan tashqari, kuniga 700 millilitrdan kam miqdorda va 60 darajadan issiq haroratda choy ichish qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini, taxminan, 90 foizga oshirishga olib keladigan tadqiqot o‘tkazilgan.

Mutaxassisning fikricha, faqat choy emas, har qanday issiq ichimliklar ichish bunday oqibatlarga olib kelishi mumkin. U issiq ichimliklar iste’mol qilishni yaxshi ko‘radiganlarni bunday qilmaslikka chaqirdi.

Shifokorlar harorati 55 darajadan yuqori bo‘lmagan choy ichishni tavsiya qiladi.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Samandar

    Hamma biladi, issiq narsalarni ichib bo’midi

  2. Samandar

    Oshqozonga zarar beradi, issiq ovqatlar ham

  3. xurshid

    Issiq kunda ham issiq choy ichib bo’lmaydi

  4. Hamma biladi buni

  5. Qiziqroq narsalar yozinglar

  6. Kutaman victory

  7. Yaxshi maqola, nimaga yoqmadi?

  8. Bularning saytiga ko’p qiziqarli maqolalar bor

  9. search topomadim

  10. Samandar

    Yaxshi maqola

  11. Rustamjon

    boladi

  12. Norm.

  13. smile Salom qizla

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social