Qirilib ketayotgan jonivorlar: tez orada sayyoradan yo‘q bo‘lishi mumkin 13ta tur

Qirilib ketayotgan jonivorlar: tez orada sayyoradan yo‘q bo‘lishi mumkin 13ta tur

Ayrim turdagi hayvonlarning soni hatto yuzdan kamayib ketgan. Maqolada nima uchun ushbu hayvonlar qirilib ketish arafasida ekani va hozirda ularning ko‘payishini qanday qilib tiklash mumkinligi haqida so‘z boradi.

1.  Bizon

XX asr boshida bizonning barcha yovvoyi podalari yo‘q bo‘lib ketdi. Ushbu jonivorlar esa faqat qo‘riqxona va hayvonot bog‘laridagina qoldi: 1927 yilda dunyoda 52ta bizon bor edi xolos. Ular sonining bu darajada qo‘rqinchli qisqarishiga nazoratsiz ov hamda ularning tabiiy yashash makoni bo‘lgan o‘rmonlarning kesib yuborilishi sabab bo‘ldi. Rossiyada ularning sonini tiklash uchun 1940-1950 yillarda ikkita pitomnik: Prioks-Terras va Oks qo‘riqxonalariga asos solindi. U yerda jonivorlar parvarishlanib, keyin yovvoyi tabiatga ko‘chiriladi. 2020 yilga kelib, Xalqaro bizon podasi kitobi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada bizonlar soni 1 588taga, dunyoda esa 8 461tagacha ko‘paydi.

2. Arxarlar

Ilgari ushbu yovvoyi tog‘ qo‘ylari Oltoy etaklari va Zabaykale tog‘larida zich yashardi. Biroq hozir Rossiyada bor-yo‘g‘i 1 300ga yaqin arxar qolgan. Ularning soni ovchilik sanoati tufayli kamaydi: brakonerlar ularni katta qayrilgan shoxi va go‘shti uchun o‘ldirib yubordi. Kuboklarni qo‘lga kiritish yo‘lida ularni hatto sovet davrida paydo bo‘lgan rasmiy taqiq ham to‘xtatib qolmadi. 1970 yildan beri arxarlar soni yetti marta qisqardi. Qo‘ylarning sonini barqarorlashtirishda ular yashaydigan joylarni alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududga aylantirish va Oltoy aholisining yordami qo‘l keldi: mahalliy aholi uchun tog‘ qo‘yi muqaddas sanaladi.

3.  Dzeren (mo‘g‘ul antilopasi)

Hozirda Rossiya hududida 13,5 mingga yaqin dzeren yashaydi, biroq har doim ham bunday bo‘lmagan. XX asr o‘rtalariga kelib, ushbu tur mamlakatda butunlay yo‘qolib ketdi va Mo‘g‘ulistondagina qoldi. Bunga bir necha omillar sabab bo‘ldi: dashtlarning haydalishi va mashina hamda mototsikllarning paydo bo‘lishi bilan antilopalarni ovlash osonlashdi, shu bilan birga ayrim vaqtlarda ular g‘ildiraklar ostida nobud bo‘ldi. Oziq-ovqat uchun Jahon urushi vaqtida ko‘plab dzerenlar qirib tashlandi. Rossiyaga ularni qaytarishda Daur qo‘riqxonasiga asos solinishi hamda rus-mo‘g‘ul hamkorligining yo‘lga qo‘yilishi yordam berdi: hozirda antilopalar davlatlar chegarasini bemalol kesib o‘tishi mumkin.

4. Amur yo‘lbarsi

Amur yo‘lbarsi chiroyli va qalin mo‘ynaga ega. Shuning uchun u XX asrning birinchi yarmida brakonerlarning sevimli o‘ljasiga aylandi. 1940 yillar boshiga kelib, bor-yo‘g‘i 50taga yaqin ana shunday yo‘lbars qoldi. Qirilib ketishni to‘xtatish uchun yo‘lbars bolalarini ovlash va tutishga taqiqlar joriy etildi. Ular yashaydigan hududning to‘rtdan bir qismi alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududga aylantirildi. Bu o‘z natijasini berdi. 2015 yilda Uzoq Sharqda 523-540taga yaqin yo‘lbars bor edi. Ular o‘zi yashaydigan hudud chegarasini ham kengaytirdi. Hozirda ularni Primorsk va Xabarovsk o‘lkalari, Amur va Yevrey avtonom oblastlarida uchratish mumkin.

5. Prjyevalsk oti

Ushbu ot haqidagi ilk qaydlar 1881 yilda paydo bo‘lgan. 1969 yilga kelib esa, Mo‘g‘ulistonda so‘nggi otni uchratishgan. Ularning qirilib ketishiga ov ham, inson tomonidan ot yashaydigan hududlarning o‘zlashtirilib, ularni odatdagi sug‘orish va yaylov joylaridan mahrum etilishi sabab bo‘lgan. Mazkur tur batamom yo‘qolmasligi uchun ularni ko‘paytirishda hayvonot bog‘i va pitomniklardagi Prjyevalsk otlaridan foydalanildi. Hozir tirik bo‘lgan turlar, 2000-2500taga yaqin, jonivorning ajdodlari sanaladi. Rossiyada ularning soni 69ta. Ushbu tur Prjyevalsk otlarini qayta tiklash markazi hududida yashaydi.

6. Sayg‘oq

1950 yilda Rossiyada qariyb 800 mingta, 2015 yilda esa bor-yo‘g‘i 5 mingta sayg‘oq bo‘lgan. Sayg‘oqlarni tibbiyotda qadrlanadigan shoxlari uchun ovlaydigan brakonerlar tufayli ularning soni qisqarib ketdi. Sayg‘oqni o‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik – million rublgacha jarima va ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan. Biroq bu pul ishlash dardida bo‘lganlarni to‘xtata olmayapti. Ular sonini saqlab qolish uchun chora-tadbirlar majmuidan foydalaniladi: ular yashaydigan hududni qo‘riqlash, sug‘orish joylarini sun’iy yaratish va yirtqichlar sonini tartibga solish. 2020 yilga kelib, Rossiyada sayg‘oqlar soni 6 350tagacha o‘sdi, biroq ular orasida nar sayg‘oqlar ulushi ko‘p emas – bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil etadi.

7. Uzoq sharq leopardi

Bu eng noyob yovvoyi mushuk Rossiya Primorsk o‘lkasining janubi-g‘arbi va Xitoyda yashaydi. XXI asr boshida uzoq sharq leopardi soni bor-yo‘g‘i 30ta edi. Bunday bo‘lishiga brakonerlar, o‘rmonlar kesilishi, yo‘llar kengayishi va o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lgan. Tabiiy yashash hududi qisqargach, leopardlar oziqlanadigan tuyoqlilar soni ham kamaygan. Hozirda ular Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Ushbu tur sonini tiklash uchun 2012 yilda yirtqich yashaydigan hududning 80 foizini qamrab olgan “Leopard yeri” tashkil etilgan. Hozirda bu hududda 113ta leopard yashaydi.

8. Osiyo leopardi

XX asrgacha bu yirtqich hayvon ko‘p sonli edi. U Kavkazdagi barcha tog‘larda yashardi. Hozir esa uzoq masofadagi yerlarda yashaydigan bir-ikki leopardni uchratish mumkin. Bunga sabab leopardni o‘ldirishga taqiq mavjud emasligi bo‘lgan. Jonivor insoniyat uchun tahdid sifatida qaralgan. Shuning uchun u istalgan usulda o‘ldirilishi mumkin edi. 2007 yilda Rossiyada Osiyo leopardi reintroduksiyasi dasturi amal qila boshladi. Hayvonlarga tutqunlikda o‘sishga yordam beriladi va keyin tabiiy yashash hududlariga ko‘chiriladi. 2016 yilda uchta leopard tabiatga ko‘chirilgan.

9. Oq ayiq

Dunyoda bor-yo‘g‘i 20–35 mingga yaqin oq ayiq bor. Rossiyada esa 3 mingdan 4,5 mingtacha. Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, 30 yildan keyin ularning soni ikki marta qisqaradi. Ularga nafaqat ovchilar (brakonerlar yiliga 150-200ta oq ayiqni o‘ldirishadi), balki muzliklar erishi, shuningdek, tabiat ifloslanishi va Arktikaning o‘zlashtirilishi tahdid solmoqda. Oq ayiqlarni qirilib ketishdan saqlash uchun ushbu turni o‘rganish bo‘yicha davlat dasturi yaratilgan va ularni saqlab qolish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilgan. Olimlar hozirda hayvonning yashash hududini aniqlab, ko‘chishini kuzatib borishadi.

10 va 11. Grenland va kulrang kitlar

Grenlandiya kitlarining Oxota dengizidagi populyatsiyasi Rossiyadagi eng kichigi sanaladi. Qachonlardir u mingta kitdan iborat bo‘lgan. Biroq kit ovlash sanoati, turizm, muzliklar erishi va boshqa sabablar ularning soni 300-400tagacha kamayishiga olib keldi. Grenlandiya kitlari Oxota dengizida yil bo‘yi yashasa, kulrang kit populyatsiyasi u yerga yoz va kuz faslida suzib boradi. Ularning soni ham ko‘p emas – 250taga yaqin. Hayvonlarni qutqarish uchun alohida davlat strategiyasi ishlab chiqilgan. Olimlar ularning populyatsiyasini o‘rganish, jumladan, ozuqa bazasi va hamda yashash hududi xususiyatlarini tekshiradi. Bu esa keyinchalik qanday harakat qilish kerakligini aniqlab beradi.

12. Qor barsi (irbis)

Qor barsi dunyoning 12ta mamlakatida yashaydi va ularning barchasida yo‘qolib borayotgan va noyob tur mavqeyiga ega. Rossiyada bu hayvon populyatsiyasi 70-90ta qor barsidan iborat. Ular Oltoy-Sayan eko mintaqasida yashaydi. Brakonerlar barslarni kam ovlaydi, biroq ular ovchilar tomonidan boshqa hayvonlarga qo‘yilgan qopqonga vaqti-vaqti bilan tushib qoladi. Rossiyada irbisni saqlab qolish uchun uning erkin ko‘chishini va Mo‘g‘uliston hamda Xitoydagi turlar bilan kontaktini ta’minlash zarur. Yana Rossiyada ana shu turni o‘rganadigan dastur mavjud. Unda qor barsining ko‘chishi monitoring qilinadi.

13. Sibir turnasi (Oq turna)

Turnaning ikkita populyatsiyasi – Yoqut va g‘arbiy Sibir turnalari mavjud. Yoqut turnasi 3000taga yaqin. G‘arbiy Sibir turnasi esa ancha kam, bor-yo‘g‘i 10ta. Qushlar odamlar borishi qiyin bo‘lgan joylarda, daryolarning quyi oqimida yashaydi. Shuning uchun uzoq vaqtgacha ularning mavjudligi haqida bilishmagan. Ular sonining kamayishiga suv omborlari qurishi sabab bo‘ldi. Faqat Rossiyadagina emas: qishlash uchun turnalar Xitoyga uchib ketadi. Populyatsiyani saqlab qolishga raqobatchi qushlar – Kanada turnasi va Tundra oqqushi zarar keltirmoqda. Hozirda Oks tabiat qo‘riqxonasida mazkur turni ko‘paytirish bilan shug‘ullanishadi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odilbek

    sad sad sad sad juda qayg’uli…. sorry

  2. Inson eng yomon hayvondir. biz deb k6plab hayvonlar y6q b6liwvotti sad

  3. Ibrohim

    bizni odamlar oddiy muwuklarni yoqtiriwmidiku, bu hayvonlar haqida vawe 6ylawmidi

  4. Тимур

    Грустно…

  5. cry cry cry cry cry cry cry cry cry hayvonlarni asraylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social