Kun bo‘yi o‘tirib ishlaydiganlar uchun muhim 5 tavsiya

Kun bo‘yi o‘tirib ishlaydiganlar uchun muhim 5 tavsiya

Ish kuningiz bitta joyda o‘tirish bilan o‘tadimi? Sizga noxush xabarni yetkazishga majburmiz. Bu yurak-qontomir tizimi kasalliklari, osteoporoz, diabet, lipid almashinuvining buzilishi, hattoki demensiyaga olib kelishi mumkin.

Haftasiga 3 marta mashg‘ulotlar zaliga borish orqali sanab o‘tilgan muammolarning oldini olish qiyin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mashg‘ulotlar sizga foyda bermaydi: kuniga 10 soat o‘tirish xavfini bartaraf etish uchun ora-sirada jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning o‘zi yetarli emas. Bunday holatda nima qilish mumkin deysizmi?

Ekspertlarning quyidagi tavsiyalari sizga yordam beradi degan umiddamiz.

Tanaffus qiling

“Bu yerda tushlik uchun ajratilgan tanaffusni nazarda tutganimiz yo‘q. Har soatda 5-10 daqiqadan tanaffus qilishga odatlaning. O‘rningizdan turib harakatlanish vaqti kelganini eslatishi uchun telefoningizdagi taymerni sozlab qo‘ying. Taymer jiringlagan vaqtda ish joyingizdan uzoqlashib, oyoqlaringiz chigalini yozing, imkon bo‘lsa toza havoga chiqing”, – deydi tibbiyot fanlari doktori Konor O‘Flinn.

Faol bo‘ling

Uzoq vaqt davomida o‘tirib ishlagandan keyin uning ortidan keladigan xavf darajasini kamaytirish uchun har kuni jismoniy mashq qiling. Buning uchun mashg‘ulotlar zaliga borishingiz shart emas, tongda yoki ishdan uyga qaytayotgan vaqtingizda piyoda yurishning o‘zi yetarli bo‘ladi (Ha, shifokorlar sizga o‘sha, sinalgan va eng foydali usul – bir necha bekat oralig‘idagi masofani piyoda bosib o‘tishni tavsiya qilishadi).

To‘g‘ri ovqatlaning

Tibbiyot fanlari doktori Soni Sherpaning aytishicha, uzoq vaqt mobaynida o‘tirib ishlaydigan odamlarga odatiy nonushta, tushlik va kechki ovqat tartibi emas, maxsus taomnoma asosida ovqatlanish tavsiya etiladi. “Kun davomida 3 marta tamaddi qilishning o‘rniga kam-kamdan ovqatlanish tanadagi quvvatni bir meʼyorda ushlab turish va keragidan ko‘p yeb yubormaslikka yordam beradi”, – deydi Soni.

Ish joyini to‘g‘ri jihozlang

O’Flinn ish kunining asosiy qismini o‘tirgan holatda o‘tkazuvchi insonlarga ortopedik kursi xarid qilishni tavsiya etadi. Ortopedik kursi bel va umurtqa pog‘onasiga tushayotgan bosimni kamaytirishga yordam beradi. “Kompyuter ekrani ham kerakli balandlikda ekanligiga eʼtibor qarating, bu ko‘zlarni zo‘riqtirib qo‘ymaslik uchun zarur”, – deydi u.

Cho‘zilish mashqlarini bajaring

Cho‘zilish mashqlari uzoq vaqt davomida o‘tirib ishlaydigan odamlarga o‘zlarini yaxshiroq his qilishlariga yordam beradi. “Kursidan turmagan holatda bajarish mumkin bo‘lgan bir nechta oddiy mashqlar bor”, – deydi O’Flinn. Avval pastga, keyin esa yon tomonga egilib, boshingizni, tos sohasini aylantiring, ko‘krakni kerib, to‘yib nafas oling – ushbu mashqlar jamlanmasi bir necha daqiqa vaqtingizni olsa-da salomatligingizga behisob foyda keltiradi”.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Darsdayam 2 soatlab utiradiganlaga foydali, rahmat

  2. Тимур

    good Классно

  3. Otabek

    O’tirib ko’p ishlash, har doim og’riqlarga olib keladi

  4. Jasur

    IT sohasida ishlaydiganlar va ofisda ishlaydiganlar uchun juda muhim mavzu

  5. Nozima

    Raxmat.

  6. Karimov

    Basseynga borish kerak, shunda hech qayeringiz og’rimaydi

  7. Aziza

    Basseyn hammaga ham turi kemidi sad

  8. Kozim

    good juda zo’r

  9. Qurbon

    Kun bo’yi ofisda o’tirgandan ko’ra, dalaga chiqib ishleyla

  10. Shaxlo

    yes

  11. Nodir

    Rahmat Fazo

  12. Botir

    Kamroq o’ylang, ko’proq ishlang

  13. Maruf

    Hop

  14. Dilshod

    rofl rofl rofl rofl

  15. Botir

    Barakalla

  16. Jamila

    Raxmat yes

  17. Bekchan

    good

  18. Gulnoza

    Raxmat fazotv

  19. Nozima

    good good

  20. Farruh

    Har bir soat turib, fizkultura qilish kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social