Olimlar 2024-2028 yillar oralig‘ida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi

Olimlar 2024-2028 yillar oralig‘ida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi

Olimlar 2024- va 2028- yillar orasida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi va oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlashmoqda.

Ya’ni mutaxassislar kelgusi yillarda dunyo «Internet apokalipsisi» ko‘rinishidagi jiddiy tahdidga duch kelishi mumkin, deya ogohlantirishmoqda.

Jorj Meyson universitetining fizika va astronomiya professori Piter Bekker tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, kuchli quyosh bo‘ronlari global aloqa tizimiga, jumladan, internetga jiddiy zarba berishi  mumkin.

Quyoshdan zaryadlangan zarrachalar emissiyasi natijasida yuzaga kelgan bu bo‘ronlar Yerning magnit maydonini buzishi mumkin, bu esa sun’iy yo‘ldoshlar va yerdagi aloqalarning jiddiy shikastlanishiga olib keladi.

Bunday hodisaga 1859- yildagi Karrington voqeasi misol bo‘la oladi, buning natijasida telegraf tizimi vayron bo‘lgan va operatorlarni elektr toki urgan.

Bekker va uning hamkasblari sun’iy yo‘ldoshlarni o‘z vaqtida xavfsiz rejimga o‘tkazish va shikastlanmaslik uchun transformatorlarni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish imkonini beruvchi erta ogohlantirish tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Loyihaga 13 million dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Biroq, quyosh bo‘ronlarining vaqti va ko‘lamini aytish xuddi zilzilalarni oldindan bashorat qilish imkonsizdek qiyin jarayon bo‘lib qolmoqda.

Bekker, shuningdek, kompaniyalar bunday tahdidlardan himoyalanishi uchun internet-infratuzilmasini mustahkamlashga rag‘bat yo‘qligiga ishora qiladi. Natijada, 2024 va 2028 yillar oralig‘ida, quyoshning haddan tashqari faollashishi bois dunyo haftalar yoki hatto oylar davomida internetning to‘liq o‘chish xavfiga duch kelishi mumkin.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Фейкмасми?

  2. Otabek

    Yo’q, bir nechta joyda o’qidim bu haqda

  3. Тимур

    Да, караб чикдим, ростанам шундай нарсаларни этишибти

  4. Bobur

    unknw

  5. Adibaxon

    Endi nima qilamiz?

  6. Doston

    Do’xtirni jaqiramiz

  7. Umid

    Ja bo’lmasa telefon ishlar domashniy laugh

  8. Alisher

    dash bo’magan narsa

  9. Gulnoza

    Bo’sa bo’pti, nima qila olamiz

  10. Rasul

    Osmonimiz musaffo bo’lsa bo’ldi

  11. Anvar

    Urush bo’lmasin

  12. Yusuf

    good good good

  13. Aziza

    Omin

  14. Diyor

    Tinchlik bo’lsin dunyoda

  15. Ulug'bek

    Isroil xalqiga tinchlik tilayman

  16. Xurshid

    Isroil??? Nimala yozvos uzi

  17. Ma

    Dunyoda tinchlik bo’lsin din

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social