Bir boqishdagi sevgiga ishonasizmi?

Bir boqishdagi sevgiga ishonasizmi?

Sevgi-muhabbat bobida kitoblar yoziladi, kinofilmlar suratga olinadi. Insonlar uni madh etishdan charchashmaydi. Lekin bir boqishdagi sevgi hamisha ham olov kabi yondiradimi? Quyidagi savollarimizga javob berib ko‘ring.

1. Hayotingizda birinchi bora sevib qolishingizga qancha vaqt kerak bo‘ldi?

A. Bir daqiqa: bizning sinfimizga yangi kelganida uni ko‘rdim-u, hushimni yo‘qotdim.
B. To‘rt oyga yaqin.
D. Hozir hisoblab chiqaman. Bizning ota-onalarimiz meni uch yoshligimda, uni esa to‘rt yoshligida tanishtirib qo‘yishgan. Sakkiz yoshgacha do‘st bo‘lganmiz, olti yilcha janjallashardik. Ikki yilcha do‘stlashdik, keyin sevishib qoldik.

2. Quyidagi fikrlardan qay biri sizga yaqin?

A. Bir boqishda sevib qololmasangiz, muhabbat sizga o‘girilib ham qaramaydi.
B. Sevgi-muhabbat kutilmaganda keladi.
D. Bir boqishdagi sevgini alanglatish uchun ikkinchi marta o‘girilib qarash lozim.

3. Sevgi haqidagi ta’riflardan qaysisi sizga yaqin?

A. Chaqmoq chaqqandek.
B. To‘lqinlanib oquvchi dengiz.
D. Ulkan daraxtga.

4. Ikki yosh to‘ygacha qancha muddat uchrashishlari lozim?

A. Bir oy.
B. Yarim yilga yaqin.
D. Shoshilmasdan ikki yosh bir-birini sinab, keyin turmush qurishlari lozim.

Endi javoblaringizga e’tibor bering. Uch harfdan qaysi birini ko‘proq belgilagan bo‘lsangiz…

A. Bir boqishdagi sevgi siz uchun. O‘z shahzodangiz uchrashuvingizning birinchi daqiqasadiyoq bilasiz.
B. Siz uchun bir boqishda sevgi qalbingizni olovlatsa – yaxshi. Bolalikdagi do‘stingiz bilan munosabatingiz ham sevgiga aylanishi mumkin. Nima farqi bor bari oxiri sevgi-ku, degan fikr sizga qaratilgan.
D. Siz hamisha qalbingizga bo‘ysunmay, aql bilan ish yuritishga harakat qilasiz. Muhabbat qalbingizda paydo bo‘lishi uchun ancha-muncha vaqt kerak bo‘ladi. Bir boqishdagi sevgiga umuman ishonmaysiz.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shoira

    Menda B 4iqdi, juda t6ri

  2. Islom

    Mangayam B

  3. Tamilla

    Menda esa A chiqdi)))

  4. Vohid

    b6magan testakan bad

  5. Sayyora

    sorry 4unmadim bunga… wacko

  6. Karima

    Bir boqiwda seviw juda qiyin… yoqiwi mumkin inson, lekin sevib qoliw qiyin

  7. Sumayya

    Man sevgiga ishonmiy qoʻygamman

  8. Fazo.tv

    Sumayya, nega? sorry

  9. Holida

    Sevgi g6zal tuyg`u, birin4i b6lib 6zingizni seving d6stlar, wunda sizni ham seviwadi

  10. Gavhar

    Men ham sevgiga aslo iwonmiman!

  11. Komil

    Birin4i 6rinda Xudoga sevgi b6liwi kerak, keyin esa 6zimizga, wundagina siz bowqa insonni seva olasiz, bowqa inson esa sizni. Wuni unutmaslik kerak, 6zingizni sevmasangiz, kim sizni seva oladi?

  12. Yunusov

    Sizga atalib q6yilgan insonni albatta bir boqiwda sevib qolasiz, bowqa y6li y6q

  13. Gulli

    Menda hammasi B harfi lekin meni doʻstim boʻlmagan qiziq manimcha bir korishdamas sevgi tasodifan kelguvchi tuygʻu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social