Va Kerri-Ann Moss yana Triniti rolini o’ynaydi.
Warner Bros boshlig’i Toby Emmerich so’zlaricha, uning kompaniyasi, Village Roadshow Pictures bilan birgalikda yangi “Matritsa” ustida ish olib borayotganligini tasdiqladi. Ssenariy muallifi, rejissyor va prodyuser Lana Vachovski bo’ladi. Ssenariy mualliflari Devid Mitchell (“Bulutli atlas”) va Aleksandr Xemon (“Lazarus” loyihasi) u bilan ishlaydi.
Neo va Triniti rollarini yana Keanu Rivz va Kerri-Ann Moss ijro etishadi. Bu birinchi filmning 20-yilligiga muxlislar uchun ajoyib sovg’adir! Vachovski yana iste’dodli jamoa bilan ishlash, u va singlisi uchun qadrli bo’lgan personajlarga qaytish imkoniyati uchun minnatdorligini ta’kidladi. Ishlab chiqarish 2020 yilda boshlanishi kutilmoqda.
Syujet haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo’q va “Inqilob” tugaganligini inobatga olgan holda, yangi qism nima bo’lishini va harakat qaysi vaqt ichida amalga oshirilishini oldindan aytish qiyin. Ishonchimiz komilki, kelgusi oylarda bizni fanatlar nazariyasi kutmoqda.