Robot shifokor imtihondan muvaffaqiyatli o’tdi

Robot shifokor imtihondan muvaffaqiyatli o’tdi

Bu xabar, ehtimol, shifokor kasbini tanlagan kishilarni xafa qilar, chunki Xitoyda birinchi marta robot shifokor litsenziyasi uchun davlat imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. Yaqinda “Xiao Yi” (robot ismi) ga 2018-yilning mart oyida rasmiy tibbiy amaliyotni boshlaydigan tegishli hujjat beriladi.

Xitoylik robot “imtihon uchun bir yarim yil tayyorlandi”. Buning uchun temir o’quvchi tibbiyot bo’yicha 60 dan ortiq o’quv qo’llanmasini va Pekin Universitetining mutaxassislarini ichki xotirasiga kiritilgan kitoblarni o’rganishiga to’g’ri keldi.

0021

Xiao Yi imtihon kuni 600 dan 465 ball yig’ishga muvaffaq bo’ldi, 60 daqiqa ichida u 10 ta imtihon tekshiruvchilarga javob berdi, ammo buning uchun 10 soat muddat berilgan edi. Darhaqiqat, inson rekordini 553 ball bo’lib, mazkur robot bu rekordni ura olmadi. Ammo tashxis qo’yish vaqtida qaror qabul qilish qobiliyatini juda yaxshi ko’rsatdi.

Ishlab chiqaruvchilar, robotning yuqori malakali mutaxassis deb aytish qiyinligini tan olishadi. Xiao Yi shifokorlarni almashtirish uchun emas, balki ularga yordam berish uchun yaratilgan. Ya’ni, “temir odamcha” faqatgina yuradigan adabiyot ensiklopediyasi kabi harakat qiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social