Madridning “Real” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu to`g`ilgan va bolalik davri o`tgan joyda, yani Madeyra orolida o`ziga bag`ishlangan muzeyni ochdi.
Uning oilasi, do`stlari va ko`pdan-ko`p portugaliyalik mashxur yulduzlar 15-dekabr kuni Madeyraning poytaxtida Funshal shaxrida bo`lib o`tgan muzey ochilish marosimida ishtirok etganlar.
Muzeyda futbolchining 125ga yaqin bo`lgan shaxsiy va jamoa taqdim etgan sovrinlar joylashgan, hamda u erda kelajak sovrinlar uchun ham joy ajratilgan. 28 yoshli Ronaldu jurnalistlarga xabar berishiga ko`ra, ushbu Funshal shaxrida joylashgan muzey uning muxlislari uchun sovg`adir.
Futbolchi shu mavsumda 33 gol kiritishga muvoffaq bo`ldi, hamda Ronaldu “Oltin to`p” sovrinni ikkinchi marotaba ko`lga kiritish haqida fikr bildirmagan (shunday birinchi sovrinni u 2008 yilda olgan edi). Biroq, agar bu yuz bersa, ikkinchi “Oltin to`p” uchun maxsus joy ajratilgan deb aytib o`tdi Ronaldu.
ajoyib
узини жа яхши куради бу Роналдо, хеч хафа килмиди узини
Роналдо брибир Роналдода ………….