Six Flags Qiddiya City — tezlik, balandlik va adrenalin bo‘yicha rekordlarni yangilayotgan mega-loyiha!
Saudiya Arabistonida rasmiy ravishda Six Flags Qiddiya City tematik parki ochildi — bu mamlakatdagi eng yirik ko‘ngilochar megaloihalardan biri hisoblanadi. Park hududida jami 28 ta attraksion faoliyat yuritadi va ulardan uchtasi darhol jahon rekordlariga kirdi.

Eng asosiy attraksion — Falcons Flight — dunyodagi eng baland, eng uzun va eng tez amerikalik tog‘lar sifatida e’tirof etilmoqda. Uning maksimal tezligi soatiga 250 kilometrga yetadi. Yana bir attraksion — Iron Rattler — eng baland qiyalikdan tushuvchi tog‘lar maqomini oldi, Spitfire esa aylanish balandligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Six Flags Qiddiya City Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod yaqinida joylashgan bo‘lib, shahar atrofidagi cho‘l hududlarini yirik turizm va dam olish markaziga aylantirish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Kelajakda bu hududda kiber sport arenası, stadion va akvapark ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Bu park Six Flags kompaniyasining Shimoliy Amerikadan tashqarida qurilgan birinchi loyihasi bo‘ldi. Qurilish ishlari taxminan to‘rt yil davom etdi. Majmua maydoni 32 gektarga yaqin, bu hududda attraksionlar bilan birga restoranlar va savdo zonalari ham joylashgan.
“Biz Six Flags Qiddiya City ochilganini katta faxr bilan e’lon qilamiz. Bu loyiha mintaqadagi ko‘ngilochar industriya tushunchasini butunlay o‘zgartiradi. Jahon darajasidagi obyekt rekord o‘rnatayotgan attraksionlar, barcha yoshdagilar uchun immersiv tajribalar va Six Flags’ni global yetakchiga aylantirgan betakror adrenalinni birlashtiradi.”
— Jon Reyli,
Six Flags prezidenti va bosh direktori
Six Flags Qiddiya City ochilishi Saudiya Arabistonining turizm va ko‘ngilochar sanoatni rivojlantirish bo‘yicha keng strategiyasi doirasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng baland osmono‘par bino qurilishi muzlatib qo‘yilgan bir paytda, bu loyiha mamlakatdagi megaloihalar uchun kamdan-kam uchraydigan ijobiy signal bo‘ldi.
Parkga kattalar uchun kirish chiptasi narxi 325 Saudiya riyalidan boshlanadi.



Voy, bu parkni ko‘rib yurak o‘zi tez ura boshladi Soatiga 250 km tezlik — bu allaqachon attraksion emas, bu ekstremal sport!
Saudiya Arabistoni shunaqa darajaga chiqib ketganiga hayronman. Oldin faqat neft bilan tanilgan bo‘lsa, endi turizmda ham raqobatchi bo‘lyapti.
Falcons Flight’da bir marta minish uchun ham alohida jur’at kerak bo‘lsa kerak Lekin baribir borishni xohlardim.
Chipta narxi qimmatdek tuyuladi, lekin shunaqa rekordli attraksionlar bo‘lsa, arziydi deb o‘ylayman
Juda ajoyib
Voy, bunaqa gorkalarni ko‘rib yurak “ur-ur” bo‘lib ketdi Albatta sinab ko‘rish kerak!
250 km/soat?! Bu attraksion emas, raketa-ku
Saudiya haqiqiy ekstrem markazga aylanib boryapti, respect!
Men bunaqasini ko‘rsam ham chiqolmayman lekin tomosha qilish ham qiziq.
Shuncha balandlikdan tushish — yurak chidamaydi menimcha.
Baribir Instagram uchun zo‘r kontent bo‘lardi
325 riyal? Juda qimmatdek tuyuldi.
Pul ko‘p joyda shunaqa rekordlar bo‘ladi-da
Lekin baribir marketingi zo‘r ishlagan, gap yo‘q.
Oilaviy sayohat uchun zo‘r joy bo‘lsa kerak
Saudiya endi faqat ziyorat emas, dam olish manzili ham bo‘lib qolyapti.
Shunaqa parklar yoshlar uchun katta motivatsiya!
Men bunaqa attraksiondan chiqsam, ismimni ham unutib qo‘yaman
Falcons Flight emas, “jon chiqarish” bo‘lsa kerak
Lekin baribir bir marta bo‘lsa ham sinab ko‘rardim.
Bularning hammasi shunchaki shou, ichida ma’no yo‘q.
Shuncha pulni odamlar real muammolarga sarflasa bo‘lardi.
Lekin tan olish kerak — odamni qiziqtirib qo‘yadi baribir
Juda chiroyli
Juda ajoyib